
John Normile / Getty Images
Qattiq sovuq va kuçli yoğingarçilik olib kelgan kuçli qiş böronlari 250 mln aholiga ega Qöşma Ştatlarning aksar aholisi (uçdan ikki qismi) istiqomat qiladigan katta hududlarini qamrab oldi.
NBC News xabariga köra, noqulay ob-havo şaroitlari tufayli AQŞning turli ştatlarida 28 kişi halok bölgan. Jumladan, Oklahoma, Kentukki, Missuri, Tennessi, Viskonsin, Kanzas, Nebraska, Ohayo, Nyu-York, Kolorado va Miçigan ştatlarida ölim holatlari yuz bergan.
AQŞ va Kanadani qamrab olgan «Elliott» böroni 21 dekabr kuni boşlandi. AQŞ Milliy meteorologiya xizmatining ma’lum qilişiça, bunday ekstremal hodisalar bir avlod hayotida bir bor yuzaga keladi. Ştorm Kanada bilan çegara yaqinidagi Buyuk köllardan Meksika çegarasidagi Rio-Grande daryosi böylariga qadar tarqalgan. Harorat keskin tuşib ketişi, qor böronlari, kuçli şamollar va muzlaş tufayli köplab yöl-transport hodisalari röy bermoqda. Bundan taşqari, elektr uzatiş tizimi jiddiy jabr körmoqda. 24 dekabr kuni AQŞda qariyb 8 ming aviareys keçiktirilgan, yana 3 mingdan ortiq aviareyslar bekor qilingan.

Carlos Osorio / Reuters / Scanpix / LETA

Jalen Wright / EPA / Scanpix / LETA


















