Uşbu ma’lumotning rasmiy tasdiği yöq. Telegram'da tarqalayotgan videolardan birida göyoki Engelsdagi havo trevogasi sirenalarining işlaşi aks etgan.
Huquq-tartibot idoralari Engels harbiy aerodromidagi hodisa haqidagi ma’lumotlarni tekşirmoqda, dedi Saratov viloyati gubernatori Roman Busargin.
Engelsdagi turar joy mavzelarida heç qanday favqulodda vaziyatlar röy bermadi, deb yozdi u özining Telegram-kanalida.
Şu bilan birga, Roman Busargin fuqarolik infratuzilmasi obektlari zarar körmaganini qöşimça qildi.
Bundan oldin, dekabr oyi boşida Rossiya hududi içkarisidagi ikkita harbiy aerodrom hujumga uçragandi - Ryazan yaqinida va Saratov oblastidagi Engels aerodromida portlaşlar röy bergandi. Ikki aviabazada ham yadroviy qurol taşib yuruvçi strategik aviatsiya samolyotlari joylaşgan.
Rossiya hukumati bu hodisalarga ukrainlar dronlar orqali hujum qilgani sabab bölganini ma’lum qildi. RF mudofaa vazirligiga köra, dronlar Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari orqali urib tuşirilgan, ammo parçalar qulaşi oqibatida uç nafar harbiy xizmatçi halok bölgan, tört nafari yaralangan, yana ikki samolyot korpusi şikastlangan.


















