Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi 2022 yilda smartfonlar sotuvidagi öz uluşini saqlab qoldi va hamon Apple kompaniyasining asosiy raqobatçisi bölib turibdi. Biroq yetakçilik hali ham iPhone işlab çiqaruvçisida qolmoqda. Bu haqda Counterpoint Research kompaniyasining yangi hisobotida aytiladi.
Mutaxassislar hisob-kitobiga köra, 2022 yilda Apple smartfonlar daromadi böyiça yetakçilikni saqlab qolgan. Amerika korporatsiyasi hatto öz uluşini oşirdi, Samsung esa boşqa sotuvçilardan farqli ölaroq, status-kvoni saqlab qolişga muvaffaq böldi.
Counterpoint Research ma’lumotlariga köra, mobil qurilmalarning umumiy savdosi yiliga 3 foizga qisqarganiga qaramay, Apple öz uluşini 37,1 foizdan 42 foizga oşirgan. Samsung esa, öz navbatida, 2021 yilning uçinçi çoragida 18,5 foiz, joriy yilda esa 18,3 foiz uluşga ega böldi.
Umumiy sotuvlar hajmida 5G texnologiyasini qöllab-quvvatlaydigan telefonlar miqdori 46 foizni taşkil qilgan, bu esa yangi rekorddir.












