Viloyat xalq ta’limi boşqarmasi matbuot xizmatining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, janjal 19 dekabr kuni kunduzi soat 12:30 atrofida kötarilgan. Şu maktabning 7-sinfida öquvçi bolaning xolasi va ammasi kelib, musiqa fani öqituvçisini haqorat qilgan, kimyo fani öqituvçisiga tan jarohati yetkazgan.
«Maktabga direktor qöyilganiga 1 oy böldi, ungaça rahbar yöq edi. 19 dekabrda sodir bölgan janjal oşkor bölmasligiga şu maktabda rahbar yöqligi sabab bölgan. Hozir vaziyat örganilmoqda, içki işlar organlari tomonidan sudga hujjatlar kiritilgan», dedi Farğona viloyati XTB matbuot kotibi Odiljon Jalolov.
Rasmiy izohga köra, huquq-tartibot organlari tomonidan holat örganilib qonuniy baho beriş çoralari körilgan. Örganiş natijalari tez orada e’lon qilinişi ma’lum qilindi.

















