26 dekabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarini norasmiy sammitda qabul qildi.

Unda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston prezidenti Nikol Paşinyan, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov iştirok etdi.

«Kommersant» xabariga köra, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko davlat rahbarlari yiğilişga katta uzuk taqqan holda kelgan. Bundan oldin u heç qaçon uzuk bilan köriniş bermagan edi.

Qayd etilişiça, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bunday uzukni sammitda iştirok etgan MDH davlatlari rahbarlarining barçasiga sovğa qilgan. Unda Putinning yangi yil tilaklari yozilgan. Ammo uzukni faqat Lukaşenko taqib olgan.

Yiğilişda Vladimir Putin sammit iştirokçilariga minnatdorçilik bildirdi.

«Aziz döstlar, Sankt-Peterburgga keliş taklifiga javob berganingiz uçun yana bir bor rahmat. Bu umumiy istak edi, biz bunga bir neça bor qaytdik, lekin baribir, rasmiy ravişda bu Rossiyaning taşabbusi va uni qöllab-quvvatlaganingiz uçun sizlardan minnatdorman», dedi Rossiya prezidenti.