Maksimal pensiya miqdori oşiriladi

Prezident farmoniga asosan pensiyani hisob-kitob qiliş uçun iş haqining maksimal miqdori pensiyani hisoblaş bazaviy miqdorining 10 barobaridan 12 barobarigaça oşiriladi.

Oilaviy poliklinika filiallari negizida oilaviy şifokor punktlari taşkil etiladi

Prezident qaroriga köra, hududlarda oilaviy şifokor punktlari tarmoğini yanada kengaytiriş uçun 2023 yil 1 yanvardan boşlab joylardagi oilaviy poliklinika filiallari negizida oilaviy şifokor punktlari taşkil etiladi.

Bojxona organlari xodimlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalaş amaliyoti joriy etiladi

Prezident farmoniga asosan bojxona organlari xodimlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalaş amaliyoti bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.

Maktab direktorligiga nomzodlarga talablar kuçaytiriladi

Prezident farmoniga köra, 2023 yil 1 yanvardan boşlab:

maktab direktori lavozimiga nomzodlar menejyerlik sertifikatini oliş uçun Milliy-tadqiqot institutida maxsus pulli dasturlar asosida jamoada işlaş va ota-onalar bilan muloqot qiliş, boşqaruv, moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oşiriş hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari könikmalariga öqitiladi;

öqitiş yakuni böyiça Milliy-tadqiqot instituti tomonidan maktab direktori lavozimiga nomzodlarning boşqaruv sohasiga oid bilim va könikmalari baholanadi hamda natijasi böyiça menejyerlik sertifikati beriladi;

maktab direktori lavozimiga nomzodlar faqat menejyerlik sertifikatiga ega bölgan şaxslar orasidan tanlab olinadi va kelişiş uçun xalq deputatlari tuman (şahar) Kengaşlariga taqdim etiladi;