Prezidentga taqdimot qilingan yangi avlod darsliklari öquv-metodik komplekslar (ÖMK) asosini 4K tamoyili taşkil etadi: kritik (tanqidiy) fikrlaş, kollaboratsiya (jamoaviy işlaş), kreativlik (ijodkorlik), kommunikatsiya (muloqot könikmalari).
Uşbu darsliklar quruq ma’lumotlarni yodlatiş, yoki şunçaki öqiş/yozişni örgatiş bilan çeklanmaydi. Ular orqali öquvçilar nafaqat fanlarni, balki XXI asrda zarur bölgan hayotiy könikmalarni ham örganadi.
Şuningdek, darsliklar bolalarga öyin orqali ta’lim berişga ham moslaşgan. Ya’ni bolalar psixologiyasi hisobga olingan. Öquv-metodik komplekslar Android, iOS platformalarida ongni östiradigan öyinlar töplamiga ega.
Darslikdagi ma’lumotlar rang-barang rasmlar, grafikalar, sodda matnlar orqali berilgan. U öquvçini zeriktirib qöymaydi, aksinça yanada qiziqtiradi.
1-3 sinflar uçun taqdim etilgan darsliklarning bir qismi kengaytirilgan reallik texnologiyalaridan foydalangan holda işlab çiqilgan. Hozirgi bolalar zamonaviy texnologiyalarni bizdan yaxşiroq tuşunadi. Şu sababli gadjetlar orqali ta’lim oliş ularni fanga yanada qiziqtiradi.
Estudy elektron ta’lim platformasi işlab çiqilgan. U turli fanlardan olingan bilimlarni mustahkamlaş uçun 300 dan ziyod ongni oşiradigan öyinli vazifalarni öz içiga oladi. Platformadan darsda ham, uyda ham foydalaniş mumkin.
Darsliklarni işlab çiqişda xalqaro dasturlar (PISA, PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA) talablari töliq inobatga olingan. Finlandiyadagi nufuzli ta’lim kompaniyasi ekspertlari tomonidan tekşiruvdan ötkazilgan va sertifikat olingan.

















