Qonun bilan 2023 yil uçun Özbekistonning konsolidatsiyalaşgan budjetini şakllantiriş va ijro etiş bilan boğliq munosabatlar tartibga solindi.
Ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik milliy davlat dasturlarining belgilangan miqdorlari qonunga özgartiş kiritilmasdan köpaytiriladi.
Özbekiston budjet tizimi budjetlarining 6 oylik ijrosi yakunlari böyiça daromadlari prognozi bajarilmagan va joriy moliya yilining oxiriga qadar ularning kelib tuşişi uçun yetarli asoslar mavjud bölmagan hollarda:
respublika budjeti umumiy xarajatlarining 3 va undan ortiq foizi miqdoridagi xarajatlarni qisqartiriş Oliy Majlis palatalari tomonidan;
3 foizdan kam miqdordagi xarajatlarni qisqartiriş Vazirlar Mahkamasi qarori asosida amalga oşiriladi.
Özbekiston nomidan va Özbekistonning kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi içki mahsulotning yillik prognoz körsatkiçiga nisbatan 60 foizdan oşmasligi kerak.
2023 yil uçun Özbekiston konsolidatsiyalaşgan budjeti taqçilligining çeklangan miqdori yalpi içki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi.
Qonunga köra, jumladan soliqlarning quyidagi turlari tumanlar va şaharlar budjetlariga töliq hajmda ötkaziladi:
- jismoniy şaxslardan olinadigan mol-mulk soliği;
- jismoniy şaxslardan olinadigan yer soliği;
- mol-mulkni ijaraga berişdan olinadigan yillik daromad töğrisidagi deklaratsiyaga asosan jismoniy şaxslar tomonidan tölanadigan, şuningdek YaTTlar tomonidan tölanadigan jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği;
- suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan tölanadigan soliq mustasno;
- noruda quriliş materiallari böyiça yer qa’ridan foydalanganlik uçun soliq.
Qonun 2023 yil 1 yanvardan e’tiboran kuçga kiradi.












