Özbekiston hukumati qanday özgardi? Asosiy ma’lumotlar
|06:45 / 31.12.202282 1759 min
Özbekistonda hukumatning yangi tarkibi tasdiqlandi. Bir kunda 32 ta yangi tayinlov amalga oşirildi. Avvalgi hukumatdagi vazirlardan 11 nafari lavozimini tark etdi. Ularning bir qismi boşqa vazirliklarga ötgan bölsa, bir qismi öz rahbarligidagi vazirliklar boşqa vazirliklar bilan qöşib yuborilişi oqibatida vazir örinbosari bölib qolgan.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Özbekistonda 2022 yil oxirida hukumat tarkibi sezilarli darajada yangilandi va özgartirildi. Prezident hujjatlari bilan yangi lavozim tayinlovlari amalga oşirildi.
Boş vazir örinbosarlari
Boş vazir örinbosarlari soni ikki barobarga qisqartirildi —Oçilboy Ramatov, Jamşid Qöçqorov, Jamşid Xöjayev va Zulayho Mahkamova boş vazir örinbosari lavozimlarini saqlab qoldi. Şuhrat Ğaniyev, Aziz Abduhakimov va Jörabek Mirzamahmudov esa ortiq boş vazir örinbosarlari hisoblanmaydi. Boş vazirning ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari örni Behzod Musayev SSV rahbarligiga ötkazilganidan buyon vakant qolayotgandi.
Oçilboy Ramatov
Boş vazirning birinçi örinbosari lavozimi tugatilgan, endi Oçilboy Ramatov hukumatda şunçaki hududlarni kompleks rivojlantiriş, kommunal soha, quriliş va transport masalalari majmuasi rahbari bölib qolgan.
Prezident farmoniga köra boş vazir örinbosarlari bir vaqtning özida boşqa rahbarlik lavozimlarida işlaşi mumkin emas. Şunga köra, Jamşid Qöçqorovdan Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vaziri lavozimi olingan, u endi makroiqtisodiy rivojlantiriş, kambağallikni qisqartiriş, iqtisodiyotdagi tarkibiy özgartirişlar masalalari majmuasi rahbari hisoblanadi.
Jamşid Qöçqorov
Şuningdek, Jamşid Xöjayev Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligidan ketgan, u investitsiyalar va taşqi savdo majmuasi rahbari bölib qoladi.
Jamşid Xöjayev
Aziz Abduhakimov boş vaziri örinbosarligidan ham, turizm vazirligidan ham ketgan, u endi tabiat resurslari vaziri lavozimiga ötkazilgan.
Boş vazirning yoqilği-energetika va kimyo sohalarini rivojlantiriş böyiça örinbosari bölgan Jörabek Mirzamahmudov bu lavozim tugatilgani tufayli faqat energetika vazirligi rahbarligini özida saqlab qolgan.
Agrosanoat, qişloq va suv xöjaligi, oziq-ovqat va iste’mol mollari komplekslari masalalari majmuasi rahbari bölgan Şuhrat Ğaniyevning ham lavozimi tugatilgan, uning keyingi faoliyati haqida hozirça ma’lumot yöq.
Mavzuga oid
Boş vazir örinbosarlaridan yana biri Zulayho Mahkamova ham Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi lavozimini tark etgan.
Zulayho Mahkamova
Vazirliklar
Vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqargan. Bu vazirliklarning bir qismi bir-biriga qöşib yuborilişi hisobiga amalga oşirildi. Avvalgi hukumatda vazir lavozimida bölganlarning 11 nafari öz lavozimini tark etdi, bular — Jamşid Xöjayev, Jamşid Qöçqorov, Aziz Abduhakimov, Vladimir Norov, Baxtiyor Saidov, Behzod Musayev, Timur Işmetov, Abduqodir Toşqulov, Nozim Husanov, Şerzod Hidoyatov va Agrippina Şin.
1. Xalq ta’limi vazirligi negizida taşkil etilgan Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining yangi rahbari Hilola Umarova böldi. U bungaça prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimida edi.
Hilola Umarova
Yangi vazirlik huzurida Maktabgaça ta’lim agentligi taşkil etilgan. Öz navbatida, sobiq maktabgaça ta’lim vaziri bölgan Agrippina Şin Hilola Umarovaning birinçi örinbosari lavozimida iş boşladi.
2. Sobiq xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov taşqi işlar vazirligi rahbarligiga ötkazildi. Özbekistonning Xitoydagi sobiq elçisi bölgan Saidov sönggi sakkiz oy davomida TIVni boşqargan Vladimir Norovning örnini egalladi. Norovning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yöq.
3. Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi negizida taşkil etilgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligini sobiq innovatsiya vaziri Ibrohim Abdurahmonov boşqaradi. Oliy ta’lim vazirligining sobiq rahbari Abduqodir Toşqulov esa prezident administratsiyasiga işga ötgan — prezident maslahatçisi örinbosari sifatida.
Ibrohim Abdurahmonov
4. Supervazirlik maqomini olgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi — Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş hamda Moliya vazirliklari negizida taşkil etildi, Davlat soliq qömitasi va Davlat bojxona qömitasi ham şu vazirlik tarkibiga kirib ketdi. 2020 yildan moliya vazirligini boşqarib kelgan Timur Işmetov yangi vazirlik rahbarligida qola olmadi — u ham Toşqulov kabi prezident maslahatçisiga örinbosar bölib ketdi. Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi rahbari bölgan Jamşid Qöçqorov ham yuqorida aytilganidek, boş vazir örinbosari sifatida boşqa vazirlikka rahbarlik qilolmasdi. Natijada yangi vazirlikni DSQ rahbari Şerzod Qudbiyev boşqaradigan böldi.
Şerzod Qudbiyev
Davlat bojxona qömitasi raisi Akmalxöja Mavlonov öz joyida qoldi — Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qömitasi raisi lavozimida. Hozirça soliq qömitasining yangi rahbari kim bölişi ma’lum emas.
5. Soğliqni saqlaş vazirligiga sönggi bir yil davomida rahbarlik qilib kelgan Behzod Musayev boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi va uning örnini birinçi örinbosari Amrullo Inoyatov egalladi.
Amrullo Inoyatov
6. Uçta vazirlik – Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş vazirligi negizida taşkil etilgan Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi rahbarligi SSVdan ketgan Behzod Musayev boşqaruviga ötdi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi sobiq rahbari Nozim Husanov unga örinbosar etib tayinlandi. 2022 yil martidan mahalla vaziri bölgan Tursinxan Xudaybergenov noyabr oyida prezidentning Orolböyi mintaqasini barqaror rivojlantiriş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga ötkazilgandi.
Bexzod Musayev
7. Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi negizida taşkil etilgan Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga Laziz Qudratov tayinlandi. U bungaça Investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayevning birinçi örinbosari edi.
Laziz Qudratov
Uşbu vazirlik tarkibiga SSVdan Farmatsevtika tarmoğini rivojlantiriş agentligi qöşib berilgan. Uşbu agentlik rahbari Sardor Kariyev «Dok-1 MAKS» dorisidan bolalar ölimi qayd etilişi ortidan işdan olindi.
8. Quriliş vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vazirligi negizida taşkil etilgan Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligiga şu vaqtgaça quriliş vaziri bölib kelgan Botir Zokirov rahbarlik qiladi. Şu vaqtgaça Uy-joy kommunal xizmat körsatiş vaziri sifatida işlagan Şerzod Hidoyatov endi Zokirovning birinçi örinbosari böladi.
Botir Zokirov
9. Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Madaniyat vazirligi negizida taşkil etilgan Madaniyat va turizm vazirligiga sobiq madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov rahbarlik qiladi.
Ozodbek Nazarbekov
Bungaça Turizm va madaniy meros vaziri örinbosari bölgan Uluğbek A’zamov madaniyat va turizm vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
10. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi negizida taşkil etilgan tabiat resurslari vazirligi rahbarligini sobiq boş vazir örinbosari va sobiq turizm vaziri Aziz Abduhakimov oldi. Qömitaning sobiq rahbari Narzullo Oblomurodov unga örinbosarlik qiladi.
Aziz Abduhakimov
Örmon xöjaligi qömitasi Örmon xöjaligi agentligi sifatida uşbu vazirlik tarkibiga kiritilgan, qömita raisi bölib kelgan Nizomiddin Bakirov endi agentlik direktori sifatida faoliyat yuritadi.
11. Sportni rivojlantiriş vazirligi negizida taşkil etilgan Yoşlar siyosati va sport vazirligiga sobiq sport vaziri Adham Ikromov tayinlandi.
Adham Ikromov
Yoşlar işlar agentligi uşbu vazirlik tarkibiga kirgan, agentlikning sobiq rahbari Alişer Sa’dullayev endi Ikromovning birinçi örinbosari – Yoşlar işlari agentligi direktori lavozimida böladi.
12. Geologiya va mineral resurslar davlat qömitasi negizida Toğ-kon va geologiya vazirligi taşkil etilgan. Yangi vazirlikka qömitaning sobiq rahbari Bobur Islomov rahbarlik qiladi.
Bobur Islomov
Baxtiyor Ğulomov vazirlik huzuridagi Toğ-kon, geologiya va sanoat xavfsizligi nazorat inspeksiyasi boşliği lavozimiga tayinlandi.
13. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi negizida taşkil etilgan Raqamli texnologiyalar vazirligiga AKT rahbari bölib kelgan Şerzod Şermatov tayinlandi - ya’ni amalda u öz lavozimini saqlab qoldi.
Şerzod Şermatov
14. Energetika vazirligini Jörabek Mirzamahmudov boşqarişda davom etadi. Yuqorida aytilganidek, u endi boş vazir örinbosari emas.
Jörabek Mirzamahmudov
Vazirlik huzuridagi ikkita inspeksiya birlaştirilgan: Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi hamda Neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi negizida Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanişni nazorat qiliş inspeksiyasi taşkil etildi.
Adliya vazirligi (Akbar Toşqulov), Içki işlar vazirligi (Pölat Bobojonov), Mudofaa vazirligi (Bahodir Qurbonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Abdulla Qöldoşev), Transport vazirligi (Ilhom Mahkamov), Qişloq xöjaligi vazirligi (Aziz Voitov) va Suv xöjaligi vazirligida (Şavkat Hamroyev) özgarişlar yöq. Qişloq xöjaligi vazirligi huzuriga ötkazilgan Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş qömitasi raisi lavozimiga Bahromjon Norqobilov tayinlangan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi