O‘zbekistonda aqlli kameralar qushlarni ShES turbinalari bilan to‘qnashuvdan himoya qiladi
Avstriyaning «APA-OTS» axborot agentligi veb-sahifasida O‘zbekistonning Navoiy viloyatida xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan shamol elektr stansiyasi loyihasiga bag‘ishlangan maqola chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Ta’kidlanishicha, loyihada AQShning IdentiFlight kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, qushlarni turbinalar bilan to‘qnashuvdan himoya qiluvchi ilg‘or sun’iy aql texnologiyasidan foydalaniladi. IdentiFlight tizimi burgutlar va boshqa himoyalangan qush turlarini aniqlash uchun yuqori aniqlikdagi optik texnologiyani o‘zida mujassam etgan.
500 megavatt quvvatga ega bo‘lgan shamol elektr stansiyasi O‘zbekistondagi birinchi va Markaziy Osiyodagi eng yirik qayta tiklanadigan energiya manbai loyihasi hisoblanadi. IdentiFlight kompaniyasi shamol elektr stansiyasini to‘liq qoplash uchun 74 dona smart-kamera taqdim etadi, bu esa yo‘qolib borayotgan qushlarning o‘ndan ortiq turlarini himoya qilish imkonini beradi.
Maqolada ma’lum qilinganidek, ushbu loyiha yetakchi xalqaro kreditorlar, jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK), Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekiston 2026 yilga kelib o‘z energiyasining 25 foizini qayta tiklanuvchi manbalardan olishni maqsad qilgan. Shu bois bu mamlakat bugungi kunda xalqaro moliya institutlari, rivojlanish bo‘yicha hamkorlar va xususiy tadbirkorlar bilan qayta tiklanuvchi energiya sohasidagi yangi loyihalarni ilgari surish va respublikada yashil taraqqiyotni rag‘batlantirish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda”, deb yozadi «APA-OTS» axborot agentligi.
Tavsiya etamiz
“Chorsu” mehmonxonasini buzish boshlandi. Bunga qancha vaqt ketadi?
O‘zbekiston | 19:03 / 18.01.2025
“Gullayotgan” avtofiribgarlik, sohadagi kuchli proteksionizm oqibati – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 09:58 / 18.01.2025
Ijtimoiy kartalarni tarqatish boshlandi. U qanaqa karta va kimlarga beriladi?
O‘zbekiston | 23:36 / 17.01.2025
Isroil HAMAS bilan kelishuv matnini e’lon qildi
Jahon | 22:06 / 17.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada yashash uchun ruxsatnoma olganlarning haydovchilik guvohnomalari 1 yil amal qiladi
Jahon | 18:37
-
Britaniyada kayfiyatni yaxshilashga yordam beradigan miya implantati yaratildi
Fan-texnika | 18:29
-
Bandlik vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 18:24
-
Ochiqlik talablarini bajarmagani uchun 2024 yilda 5 nafar mansabdor jarimaga tortildi
O‘zbekiston | 18:17
Mavzuga oid
07:50 / 05.11.2024
Xitoy O‘zbekistonda shamol turbinalari uchun qanot ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
12:43 / 20.05.2020