Ma’lum qilinganidek, ACWA Power Özbekiston energetika sektoridagi eng yirik xorijiy investor hisoblanadi. "Kompaniya Özbekistonga 5 milliard dollar sarmoya kiritmoqçi va bu bilan uning mamlakat energetika sohasidagi yetakçi xorijiy investor maqomini tasdiqlaydi",– deb ta’kidlangan naşrda

ACWA Power kompaniyasining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sumendra Rout IV Toşkent xalqaro investitsiya forumidagi taqdimotida, uşbu bitim kompaniyaning mamlakatdagi umumiy majburiyatlarini 15 milliard dollargaça oşiriş strategiyasining bir qismi ekanini ma’lum qildi.

Naşrda bugungi kunga qadar ACWA Power kompaniyasi Özbekistonda umumiy qiymati 5 milliard dollarlik 19 ta loyihani amalga oşirganiga e’tibor qaratilgan.

"Biz bu bilan töxtab qolmaymiz. Maqsadimiz sarmoyalarni kengaytirişdir. Forum davomida biz Özbekiston hukumati bilan 5 milliard dollarlik yangi şartnoma imzolaşni rejalaştirganmiz", – deya Sumendra Rout sözlaridan iqtibos keltirilgan materialda.

Maqolada yozilişiça, forumda sözga çiqqan ACWA Power kompaniyasining Markaziy Osiyo böyiça prezidenti Abid Malik Özbekistonda şamol turbinasi komponentlarini, jumladan, qanot va turbinalar işlab çiqarişni mahalliylaştiriş loyihasi rejalaştirilganini ma’lum qildi. Uning aytişiça, ACWA Power yetkazib beruvçilar bilan faol hamkorlik qilmoqda va qayta tiklanadigan energiya loyihalarida işlayotgan mahalliy korxonalarga texnik yordam körsatmoqda.

Naşrda ta’kidlanişiça, Qoraqalpoğistonda 200 megavatt quvvatga ega şamol elektr stansiyasini quriş böyiça amalga oşirilayotgan loyiha doirasida ACWA Power özining turbina yetkazib beruvçisiga Özbekistonda işlab çiqarişni yölga qöyiş böyiça körsatma berdi.