Uruşning ilk haftalari. Maksim Levin

2006 yildan boşlangan faoliyati davomida Maksim Levin Ukrainaning «Levyy bereg», «Gromadske» naşrlari va UNIAN agentligi uçun suratlar olgan, BBC, Associated Press va Reuters bilan hamkorlik qilgan, BMT uçun ham foto va videoloyihalar tayyorlab bergan.

2022 yilda Levin dastlab Xarkiv mudofaasini hujjatlaştirdi, keyin Kiyev oblastiga ketdi va şiddatli janglar keçayotgan vaqtda Buça, Borodyanka hamda Irpinda böldi.

13 mart kunidan Levin aloqaga çiqmay qöydi. 2 aprel kuni «Levyy bereg» tahririyati fotografning jonsiz tanasi Kiyev atrofidagi Guta-Mejigorskaya qişloğidan topilganini xabar qildi. «Çegarasiz muxbirlar» xalqaro taşkiloti öz mustaqil suriştiruvini ötkazib, Maksim Levin va unga hamrohlik qilgan ukrainalik askar Aleksey Çernişov rossiyalik harbiylar tomonidan öldirilganini aniqladi — ular avval qiynoqlar ostida söroq qilingan bölişi mumkin.

Versiyalardan biriga köra, rossiyaliklar fotografni askar deb öylab, öt oçgan bölişi mumkin, keyin uning tanasi va maşinasini yoqib yuborişgan. Boşqa versiyaga köra — rossiyalik harbiylar Levin va Çernişov ketayotgan avtomobilni töxtatgan, ularni söroq qiliş uçun örmon içkarisiga olib ketgan, keyin ularni öldirib, izlarni yaşiriş maqsadida öt qöyişgan.

Ukrain harbiylari Kiyevdan 25 kilometr janubda, Vasilkovo şahri aviabazasi yaqinidagi pozitsiyalarda. Vasilkovoda aviabazadan taşqari yirik neft bazasi hamda turklarning Bayraktar dronlarini ta’mirlaş sexi joylaşgan, şu tufayli şahar RF armiyasi uçun strategik ahamiyatga ega bölgan. Ammo Ukraina qurolli kuçlari Vasilkovo ustidan nazoratni saqlab qolişgan. 2022 yil 26 fevral
Maksim Levin / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv atrofida yotgan taniş belgilarisiz askar jasadi — katta ehtimol bilan bu janglar çoğida halok bölgan rossiyalik harbiy edi. RF qöşini uruşning ilk kunidayoq şaharga hujum qilgandi. Şahar atrofida janglar keçgan, Xarkiv içkarisidagi rayonlarga raketa zarbalari yöllangan. 2022 yil 24 fevral
Maksim Levin / Reuters / Scanpix / LETA