Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan O‘zbekistonning 5 ta hududida Tax Free tizimi joriy qilindi
Foto: Davlat soliq qo‘mitasi
1 yanvardan e’tiboran Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona va Urganch aeroportlarida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan Tax Free xizmati shoxobchalari ish boshladi.
Tax Free tizimi xorijiy fuqarolarga O‘zbekistonda chakana savdo bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlardan ayrim turdagi tovarlarni xarid qilishda to‘langan QQS (qo‘shilgan qiymat solig‘i) summalarini qaytarib olish imkonini beradi.
Keshbek to‘lanadigan tovarlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining «Chet davlat fuqarolari tomonidan O‘zbekiston hududidan chiqib ketishda avval xarid qilingan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan. Bu ro‘yxatdan suvenirlar, yong‘oqlar, mevalar va quritilgan mevalar, charm va mo‘ynali mahsulotlar, gilamlar, tekstil mahsulotlari va boshqalar o‘rin olgan.
QQS to‘lovini qaytarish uchun «Soliq» mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish va u orqali xaridlar uchun olingan cheklarni skanerlash lozim. Aeroportdan jo‘nab ketayotganda yo‘lovchi reysga ro‘yxatdan o‘tishi, so‘ngra Tax Free xizmatiga borib, bortga chiqish taloni va tovarning o‘zini ko‘rsatishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tgan tovarlarni qo‘l yukida tashish uchun qoldirish yoki ro‘yxatdan o‘tish joyiga qaytib, bagaj sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.
Tax Free xizmatidan foydalanish uchun sotib olingan tovarlarning umumiy summasi 1 million so‘mdan yuqori bo‘lishi lozim. Mahsulot ochilmagan va ishlatilmagan bo‘lishi kerak. Soliq qo‘mitasi xodimlari tovarlar barcha mezonlarga muvofiqligini tekshirgandan so‘ng, keshbekni rasmiylashtiradi.
Turli toifadagi tovarlar uchun yo‘lovchi QQS summasi 90 foizigacha keshbek olishi mumkin. Keshbek yo‘lovchining kartasiga rasmiylashtiriladi va ro‘yxatdan o‘tgan oydan keyingi oyning 25-kunidan keyin to‘lab beriladi.
Mavzuga oid
14:21 / 05.05.2026
Toshkent uchun yangi aeroport qurilgach, hozirgi aeroport yopiladi
23:14 / 10.04.2026
Prezident Buxoroda yangi aeroport qurilishi bilan tanishdi
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
20:51 / 05.03.2026