Yangi yil arafasida Sankt-Peterburg markazida 2 mingga yaqin migrant qölga olindi. Bu haqda Rossiya Içki işlar vazirligining mintaqa böyiça boş boşqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
«Yaqin xorij mamlakatlarining 2 ming fuqarosi uşlanib, politsiya idoralariga olib borildi. Ötkazilgan tekşiruvlar natijasida migratsiya qonunçiligini buzgan köplab holatlar aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy çoralar körildi», deyiladi xabarda.
Departamentning qöşimça qilişiça, migrantlarning qölga olinişi şahar aholisi va mehmonlari xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan profilaktik çora-tadbirlarning faqat bir qismidir.
Avvalroq, IIV rasmiy vakili Irina Volk Rossiyada yangi yil bayrami hodisalarsiz ötganini, politsiya xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlagani, tadbirlarda 1,6 milliondan ortiq kişi iştirok etgani, navbatçilikni 66 ming xodim bajarganini ma’lum qilgan edi.












