«Bu yil Ukraina tajovuzkorni mağlub etgan yil bölişi kerak», — deb yozdi u Twitter'da hamda Litva harbiy texnika va öq-dorilar jönatişi, şuningdek, harbiy maşğulotlar ötkazişini qöşimça qildi.
«Barça ittifoqçilar tomonidan qöllab-quvvatlaş tezligini oşiriş juda muhim. Ğalaba yaqin», - dedi Nauseda.
Bundan oldin Şimoliy Atlantika alyansi boş kotibi Yyens Stoltenberg NATO böyiça bir qator ittifoqçilar mudofaa xarajatlari maqsadlarini kuçaytirmoqçi ekanini bildirgandi.
«Ba’zi ittifoqçilar hozirgi 2 foizlik maqsadni minimal darajaga aylantiriş tarafdori», - dedi Stoltenberg.
Bu boradagi muzokaralarga Şimoliy Atlantika kengaşi raisi rahbarlik qiladi.
«Biz uçraşamiz, vazirlar uçraşuvlari, poytaxtlarda muzokaralar ötkazamiz. Vazifa - NATOning navbatdagi navbatdagi sammitidan keçiktirmay kelişuvga erişiş. U Vilnyusda 11 va 12 iyul kunlari bölib ötadi», dedi Stoltenberg.
2014 yilda Uelsda bölib ötgan NATO sammitida yalpi içki mahsulotning (YaIM) ikki foizini mudofaaga ajratiş böyiça maqsadli körsatkiç kelişib olingan edi. Yyens Stoltenberg hozirgi bosqiçda qaysi ittifoq davlatlari tuzatiş talab qilişiga aniqlik kiritmadi.













