«Finance TCI» MChJ «Kapitalbank»ning nazorat paketini qo‘lga kiritdi. Bu haqda bank tomonidan Yagona korporativ axborot portalida ma’lumot qoldirilgan.

«Finance TCI» 2022 yilning 28 dekabrida bank ustav kapitalining 50 foizini tashkil qiluvchi 214,4 mln dona oddiy aksiyasini sotib olgan. Bitim 786,89 mlrd so‘mga imzolangan va bir dona aksiyaning narxi 3670 so‘mdan hisoblangan.

Bankers.uzʼning e’tibor qaratishicha, ushbu miqdordagi aksiyalar Rossiyaning «Telecominvest» shirkatiga tegishli. Bitim natijasida rus shirkati bank aksiyadorlari safidan chiqqan bo‘lishi mumkin. Hozirda «Finance TCI» bankning 61,54 foiz aksiyalarini nazorat qilmoqda.

«Finance TCI» haqida 

«Finance TCI» MChJ 2019 yilda tashkil etilgan, ustav fondi 172,8 mlrd so‘m. Unga Djuzum CPV egalik qiladi. Rahbari – Afzalov Timur Ravilevich. 

Kompaniya ayni vaqtda «Djuzum CPV» LTD, «Uzum», «Uzum Market», «Uzum Technologies», shuningdek, «One Factor» va «Fast Delivery Technologies» kompaniyalariga ham egalik qiladi

Bungacha «Finance TCI» Alisher Usmonovga qarashli «Telecominvest» MChJning shu’ba korxonasi hisoblanishi haqida yozgan edik. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, Usmonovning «USM» holdingi ikki top-menejyerlari Lupichyova Irina Vladimirovna va Dobrodeyev Boris Olegovichlar 14.03.2022 yil holatiga ko‘ra «Finance TCI» MChJning teng sherikli aksiyadorlari hisoblanadi. 

Agar «Finance TCI» «Telecominvest»ga qarashli aksiyalarni sotib olgan bo‘lsa, bu Usmonovning «Kapitalbank»dagi ulushini bir qo‘ldan ikkinchi qo‘liga o‘tkazganini anglatadi.

2023 yil 2 yanvar holatiga ko‘ra, bankning ta’sischilari ro‘yxati quyidagicha bo‘lgan: 

  • «Telecominvest» MChJ – 50,00 foiz;