Makiyivkadagi qirğin. Rossiyadagilar bunga qanday munosabatda bölişmoqda?
|06:49 / 06.01.202344 69913 min
RF mudofaa vazirligi Makiyivkadagi qurbonlar köproqligini tan oldi. Hodisada halok bölgan harbiylarning özi aybdor qilindi. Aslida kim aybdor?
Foto: AP / Scanpix / LETAFoto: AP / Scanpix / LETA
Rossiya mudofaa vazirligi Ukrainaning Makiyivka şahri böylab yöllangan zarbalar oqibatida halok bölgan rossiyalik harbiylar soni 89 nafarga yetganini e’lon qildi. Duşanba kuni vazirlik 1 yanvarga ötar keçasi Donetsk oblastining bosib olingan hududidagi vaqtinça joylaşuv punktiga HIMARS tizimi orqali yöllangan zarba oqibatida 63 kişi halok bölganini xabar qilgandi. Moskvadagilar harbiy xizmatçilar taqiqni buzgan holda mobil telefonlardan foydalangani zarbaga sabab bölganini aytmoqda.
Rossiya mudofaa vazirligi aniqlik kiritişiça, qurbonlar orasida - polk komandiri örinbosari podpolkovnik Baçurin ham bor.
«Afsuski, temir betonli konstruksiyalar xarobalarini tozalaş çoğida quroldoşlarimiz orasidagi qurbonlar soni 89 nafargaça oşdi», - degan RF qurolli kuçlari boş harbiy-siyosiy boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari Sergey Sevryukov.
Uning sözlariga köra, zarba sababi şaxsiy tarkib mobil telefonlardan ommaviy foydalangani bölgan. «Bu omil raqibga raketa zarbasi yöllaş uçun harbiy xizmatçilar turgan joyni aniqlaş va koordinatalarni belgilaş imkonini bergan», degan u.
Rossiya mudofaa vazirligi şuningdek javob zarbasi bilan Makiyivkaga zarba yöllagan HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimi yöq qilinganini qöşimça qilgan (Ukraina tomoni bu ma’lumotni tasdiqlamagan).
Bundan avvalroq TASS agentligi ham öz manbasiga tayanib, «HIMARS zarbasiga harbiy xizmatçilar mobil telefonlardan faol foydalanişi sabab bölgani» haqida xabar tarqatgandi. «Duşman ECHELON razvedka kompleksi orqali telefonlar faolligi va abonentlar joylaşuvini aniqlagan», degan agentlik suhbatdoşi.
Makiyivkaga zarba
Makiyivkada rossiyalik harbiylar bazasiga aylantirilgan kasb-hunar maktabi binosiga zarbalar yangi yil kirib kelişi bilan yöllangandi. Bu vaqtda binoda 600 ga yaqin odam bölgan bölişi mumkin.
Yakşanba kuni Ukraina qurolli kuçlari strategik kommunikatsiyalar boşqarmasi Makiyivkaga zarba yöllanişi oqibatida safarbar qilingan rossiyaliklardan 400 nafari öldirilib, 300 nafari yaralangani haqida xabar berdi. Ukraina naşrlarida ham 300 qurbon haqida aytildi.
Duşanba kuni Rossiya mudofaa vazirligi Ukraina tomonidan yöllangan zarba oqibatida 63 nafar harbiy xizmatçi halok bölganini e’lon qilgandi. Rossiya harbiy idorasi ma’lumotiga köra, HIMARS tizimidan olti snaryad bilan zarba berilgan, ularning ikkitasi havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan tutib qolingan.
Mavzuga oid
«Oskolkali-fugasli törtta reaktiv snaryad rossiyalik harbiy xizmatçilar joylaşgan binoga kelib urilgan. HIMARS reaktiv snaryadlari jangovar qismlari detonatsiyasi oqibatida bino qulab tuşgan», degan Sevryukov.
General qurbon bölganlar safarbar qilinganlar bölganiga aniqlik kiritmagan. Samara oblasti gubernatori Dmitriy Azarov esa Makiyivkada halok bölganlar orasida uşbu regiondan uruşga ketgan harbiy xizmatçilar borligini aytgandi. Ayni vaqtda Samarada mahalliy hukumat motam aksiyalari ötkazmoqda.
Makiyivkada halok bölganlarni xotirlaş uçun yiğilgan samaraliklar
Arden Arkman / AFP / Scanpix / LETA
TASS agentligining 2 yanvar kungi xabarida «safarbar qilinganlar» jumlasi bor edi, ammo keyinroq bu sözlar xabardan olib taşlangan. Reuters agentligining anonimlikni saqlaş şarti bilan ma’lumot bergan manbasi zarba safarbar qilingan harbiylar joylaştirilgan binoga berilganini xabar qilgan, şu bilan birga Ukraina tomoni keltirayotgan raqamlar börttirib körsatilayotgan bölişi mumkinligini aytgan.
Rossiyalik harbiy muxbirlar zarba joyida xarobalarni tozalaş işlari davom etayotganini - bino yer bilan bitta bölgan - va qurbonlar soni yana ortişi mumkinligini yozişgan. Ular şuningdek rahbariyatning zarbaga mobil telefonlardan foydalanişi sabab bölgani haqidagi bayonotini tanqid qilişmoqda va Rossiya harbiy rahbariyatini aybni halok bölgan harbiy xizmatçilarning öziga yuklaşga urinişda ayblamoqda.
«Xarobalarni tozalaş işlari hozirga qadar davom etmoqda, va afsuski bu fojia qurbonlari soni köproq bölişi mumkin», deya yozgan Donetskda işlayotgan WarGonzo harbiy telegram-kanali muallifi Semyon Pegov. Uning sözlariga köra, «haymars» zarbasiga yöliqqanlar orasida safarbar qilinganlar ham, ştatdagi harbiy xizmatçilar, jumladan Rosgvardiya va SOBR (Içki işlar vazirligining maxsus topşiriqli bölinmalari) jangçilari bor.
«Mendagi ma’lumotlarga köra, Makiyivkadagi yana bir nuqtaga zarba yöllangan», deya yozadi Pegov.
Rossiyadagi kuçişlatar tuzilmalarga yaqin hisoblangan VÇK-OGPU telegram-kanali Makiyivkadagi zarbadan omon çiqqanlar uçun 130 örinli yotoqxona tayyorlanayotganini yozgan. Telegram-kanalning yozişiça, binoda bölganlarning qolgan qismi – yaralangan yoki halok bölgan.
«Bilganim şuki, köpçilik şu darajada parçalanib ketganki, tanadan amalda heç narsa qolmagan. Bilamanki, oyoq kiyimlar içidan jasad qoldiqlarini olişgan», deydi safarbar qilinganlardan birining rafiqasi. Boşqa bir safarbar qilingan askarning turmuş örtoği esa yaradorlarni Rostov oblastidagi hospitalga olib borişganini aytadi. «Erim menga şunçaki bir neça söz yozib, tirik va soğ ekanini aytdi. Yana bir yigit qönğiroq qildi, u kiyimsiz yuribdi. Tirik qolganlar heç narsasiz qolişgan. Heç narsa yöq: zarur buyumlar ham, dori-darmon ham, pul ham, oziq-ovqat ham... Şunçaki dahşat», - deya hikoya qiladi u.
Kim aybdor?
Rossiyalik harbiy muxbirlar va blogerlar hodisa uçun kim javobgarligi böyiça ayriça fikrlar bildirişmoqda. Ularning bir qismi barçasida safarbar qilinganlarning özlarini ayblamoqda - ular yangi yil keçasida telefondan faol foydalanib, Rossiya sim-kartalarini işga tuşiriş orqali öz joylarini bildirib qöyişgan. Boşqalarning hisoblaşiça, harbiylarni tiğiz va öq-dori ombori yoniga joylaştirgan qömondonlik aybdor. Uçinçi tomon esa Ukraina qurolli kuçlariga işlovçi mahalliy informatorlardan gumon qilmoqda, şuningdek, xoinlik bölgani istisno etilmayapti.
VÇK-OGPU manbasi telefon aloqasidan foydalaniş Makiyivkadagi kasb-hunar maktabi binosiga aniq zarba berilgani sababi haqidagi nazariyaga şubha bilan qaraydi.
«Makiyivka Donetsk yonidagi kiçik şaharça va öz-özidan u yerda nimalar bölayotganini barça körib turadi. Ayniqsa köplab jangçilar va texnikalar töplanganini. U yerdagilarning barçasi Rossiya taraf emas. Navodkaçilar (nişonni belgilab beruvçi ayğoqçilar) ham, korrektirovşçiklar (zarbani yönaltirib turuvçi) ham bor. Ammo şunga qaramay, bu yerga doimiy ravişda safarbar qilinganlarni joylaştirib kelişadi. Qolaversa, bu joylarga avval ham HIMARS orqali zarbalar berilgan. Ötgan yil yozida ham şunday zarba bilan Horlivkada tank bataloni ştabi vayron qilingandi. Bu fakt yoritilmagan, bu haqda juda kam odam biladi», deydi u.
Manbaning sözlariga köra, öşanda Ukraina qurolli kuçlari mobil aloqa tufayli nişonni aniqlab zarba bermagandi va safarbar qilinganlar tasodif tufayli omon qolişgandi.
Bundan taşqari, safarbar qilinganlarning köpçiligi qismga kelişlari bilan telefonlar olib qöyilişini aytişgan. Şuningdek, Ukraina hududida rouming orqali Rossiya sim-kartalaridan foydalaniş juda qimmat turadi.
Andrey Medvedev, Moskva şahar dumasi vitse-spikeri, VGTRK xodimi, öz telegram-kanalida şunday degan:
«Şunday bölişini oldindan taxmin qiliş mumkin edi. Makiyivkadagi fojia uçun javobgarlikni jangçilarning öziga yuklaşga urinişlarini. Emişki, ular telefonlarini yoqişgan va simkartalar bir joyda töplanganini aniqlaşgan. Ha albatta. Şaxsiy tarkibni kasb-hunar maktabi binosiga joylaştirişga buyruq bergan komandir aybdor emas. Maskirovka vositalari haqida qayğurmaganlar aybdor emas. Jangçilarni yertölalarga joylaştirmaganlar aybdor emas. Şunçaki telefon işlatgan jangçi aybdor bölib çiqmoqda. Ta’bir joiz bölsa, ular özlarini zarba ostiga qöygan. Bu ham yetmagandek öz harakatlari bilan hurmatli kişilarni uyatga qöyib, bayramda salat yeyişiga xalaqit qilişgan.
Bu «şaharni askarlar oladi, uruşni generallar yutib çiqadi» iborasini yaqqol ifodalovçi illyustratsiya».
«Boytsovyy kot Murz» - «DXR»dagi qismlardan birining harbiy xizmatçisi, «Nam pişut iz Yaniny» telegram-kanalini yuritadi:
«Kimdir, qaysidir rossiyalik harbiy uruşning 11-oyida, öq-dori omborlari va askarlarning joylaşuv nuqtalari böylab bir neça oydan buyon davom etayotgan va köplab qurbonlar va snaryad yetişmovçiligiga sabab bölgan raketa zarbalaridan keyin ham safarbar qilinganlarning bir galasini uyaga qamab, ularning atrofini öq-dorilar bilan örab, texnikalarni qoldirib, ideal nişon hosil qildi.
Bu odam safarbarlikning ikkinçi tölqinidan oldin u askarlarning isyon kötarib barbod bölişi uçun barça şaroitni yaratdi».
Rossiyalik bloger Igor Dimitriyev, «Russkiy oriyentalist» telegram-kanali muallifi:
«Zarbalarga qanday qarşi turiş haqida hamma yozmoqda - tarqatib joylaştirişni. Bu qayerdadir iş beradi, qayerdadir yöq, ular hammani bir angarga olib kelişda davom etişadi. Nima uçun? Birinçidan, logistika. Ikkinçi sabab şundaki, kuçlarni soçib yuboriş, bölib taşlaş markazsizlaştirişga olib keladi - markazsizlaştiriş esa Rossiya armiyasi va davlati tuzilişining eng asosiy tamoyiliga zid keladi.
Va şu nuqtayi nazardan armiyaning yarmini yöqotib, telefonlarni taqiqlab, faktlarni yaşirib bölsa ham, uning ustidan nazoratni saqlab qoliş muhim».
IanMatveev, tvitter foydalanuvçisi:
«Hozirda frontda 150 mingdan 200 minggaça safarbar qilinganlar bor. Öylaşimça, ularning kamida yarmi (75-100 ming) front içkarisida va juda köpçilik aynan Donetsk va uning atroflarida, şunçaki bu yerda logistika soddaroq. Tasavvur qiling, siz şaharga 20 000 ming kişini joylaştirişingiz kerak. Ya’ni siz ularni olasiz va butun şahar böylab 2000 ta yertölaga joylaştirasiz. Safarbar qilinganlarni. Intizomsiz, tajribasiz va jang qiliş istagiga ega bölmagan odamlarni. Nima böladi? Bir qismi qoçadi, boşqalari talonçilik qilişga kirişadi va umuman olganda barça ğirt mast böladi. 20 000 ming askar ğoyib böladi!
Men gapni nimaga burayotganimni tuşunyapsizmi? Safarbar qilinganlarni bir joyga joylaştirgan odam aqlli bölgani dargumon. Agar aqli bölganida uruşdan ketgan bölardi. Ammo u boşqa yöli bölmagani uçun şunday çora körgan. Aks holda ularni nazorat qiliş imkonsiz bölardi. Qolaversa, joylar (aynan yertölalar), öylaşimça, u qadar köp emas.
Şuni unutmangki, safarbar qilinganlarni doimo tom ma’noda qöriqlaş kerak. Ular bir lahzada qoçib ketişi mumkin. Köplab ekspertlar va generallar yangi jonli kuç (safarbar qilinganlar) Rossiya armiyasining ustunligi ekanini aytişadi. Bunday ustunlikdan foydalaniş uçun esa ularni aynan bir joyda jamlaş kerak böladi.
Ularni bir maktab yoki kollej binosida emas, balki frontda töplaş kerak. Ammo bu barça batalonlarni u yergaça yetkazib boriş ham kerak. Ularni yertölalarda yöqotmasdan, intizom yöqligini hisobga olgan holda soçib yubormasdan. Batalonlarni bir joyda joylaştiriş qarori ham şundan».
«Javobgarlikka tortiladi»
General Sevryukov OAVda e’lon qilingan ma’lumotlarning katta qismini tasdiqladi. Xususan, Makiyivkaga zarba berilgan vaqtni ham - Moskva vaqti bilan 1 yanvar kuni soat 0:01.
«Tekşiruvlar yakunlariga köra aybdor mulozimlar javobgarlikka tortiladi», degan Sevryukov.
Lekin uning sözlariga köra, «hozirning özida röy bergan hodisaning asosiy sababi şaxsiy tarkib duşmanning qöli yetadigan masofada taqiqlarni buzgan holda mobil telefonlarni yoqib, ommaviy ravişda foydalangani bölgani ayon».
General Sevryukov ukrainlarning Makiyivkaga zarbasini rossiyaliklarning Donetsk oblastining Kramatorsk rayoni Drujkovka şahriga zarbasi bilan ham boğlagan, bu zarba natijasida hokkey arenasi vayron qilingan. Uning tasdiqlaşiça, Drujkovkada temiryöl stansiyasi hududida yana törtta HIMARS baravar öt oçiş reaktiv tizimlari yöq qilingan.
Qayd etiş kerakki, Rossiya tomoni şu vaqtga qadar AQŞ tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan bunday tizimlarning 27 tasi yöq qilingani haqida ma’lumot bergan va biror holatda video yoki fotodalil keltirmagan. AQŞ esa şu vaqtgaça Ukrainaga jami 20 ta HIMARS yetkazib bergan, ya’ni rossiyaliklarning hisoblariga köra, hali yetkazib berilmagan tizimlar ham «yöq qilingan». Amerika va Ukraina hukumati HIMARS tizimlari rossiyalik harbiylar tomonidan yöq qilingani böyiça biror ma’lumotni tasdiqlamagan. Kuzda Ukraina tomoni jang maydonlarida uşbu tizimlarning maketlarini joylaştirgan holda rossiyaliklarni çalğitayotgani haqida xabarlar berilgandi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi