Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi taşlandiq yerda barpo etilgan paxta tozalaş zavodi va uni yölga qöygan “Zamon teks” paxta töqimaçilik klasteri faoliyati bilan tanişdik. 

Mazkur korxona Andijon viloyati Şahrixon tumanida bundan beş yil muqaddam öz faoliyatini boşlagan. Respublikaning çekka tumanlarini rivojlantiriş, aholini iş bilan ta’minlaş maqsadida Xovosda paxta-töqimaçilik sanoatida keng qamrovli işlarni amalga oşirmoqda.

Tuman 1996 yilda taşkil etilgan bölsa, şu davrga qadar bu yerda paxta tozalaş zavodi bölmagan. 2021 yilda "Zamon teks" paxta töqimaçilik klasteri tomonidan qurilişi boşlangan paxta tozalaş zavodi 5 oy davomida 25 mlrd söm mablağ evaziga barpo etildi. Ayni paytda zavodda 3 smenali jadval asosida iş qizğin olib borilmoqda. Har bir smenada 60 nafardan ortiq işçi-xodim faoliyat yuritadi. Ular uçun transport, 5 mahal ovqat taşkil qilingan. Quvonarlisi, zavod işçilarining 65 foizini xotin-qizlar taşkil etadi.

“Uyimizgaça avtobusda olib borib, olib kelişadi. Oyliklarni öz vaqtida olamiz, har oyda işimizga qarab mukofot puli beriladi. Iş joyimizda ovqatlaniş, maxsus kiyim bilan ta’minlanganmiz”, – deydi Mahfuza Saidvaliyeva.

Klaster rahbari Oybek Pölatovning aytişiça, hozir zavodda 200 nafar işçi-xodim faoliyat yuritadi:

“Korxonamiz paxta-töqimaçilik klasteri bölib, asosiy faoliyatimiz paxtani qayta işlaş. Hozirgi kunda korxonamizda 200 nafar işçi-xodim işlaydi. Ularning örtaça maoşlari 2 mln 200 ming sömdan boşlanadi. Mukofot pullari bilan 3,5-4 mlngaça maoş olişadi.