Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi tasdiqlanişi munosabati bilan Özbekiston hukumatining ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qaror loyihasi e’lon qilindi.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilgan:
- qarorning 2 va 5-bandlaridagi vazirlikning bugungi kundagi nomlariga özgartiriş;
- 6-bandida kasanaçilikni qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş böyiça işçi komissiyalar tarkibini belgilaş;
- qaror bilan tasdiqlangan nizomning 8-bandida fuqarolarning ayrim toifalari uçun ustuvor tartibni belgilaş;
- 10-bandida kasanaçilik asosida işga qabul qilingan fuqarolarga elektron mehnat daftarçalari yuritilişini belgilaş.
- 12-bandida kasanaçilik faoliyati böyiça işlarni bajariş, tovarlar işlab çiqariş yoki xizmatlar körsatiş haqidagi fuqarolik-huquqiy şartnomalar, şu jumladan pudrat şartnomasi asosida taşkil etişga ruxsat etiş;
- 14-bandida kasanaçining elektron mehnat daftarçasi iş beruvçi tomonidan yuritilişi belgilaş;
- 27-bandida kasanaçining iş haqi mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoridan kam bölmasligi va eng yuqori miqdor bilan çeklanmasligini belgilaş;
- 36-bandida kasanaçining har yilgi mehnat ta’tili muddatlarini belgilaş;
- Vazirlar Mahkamasi qarori 1-bandida iş beruvçi va kasanaçi örtasida tuzilgan şartnomalar Davlat soliq qömitasi Yagona elektron şartnomalar axborot portalida majburiy tartibda iş beruvçi tomonidan röyxatdan ötkazilişini belgilaş.

















