Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Koreyadagi xalqaro choy ko‘rgazmasida ishtirok etadi
O‘zbekiston elchixonasi vakillari amaliy safar bilan Janubiy Koreyaning Changvon shahrida (Kyonsannam-do provinsiyasi) bo‘lishdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Safar doirasida Kyonsannam-do provinsiyasi gubernatori o‘rinbosari, xalqaro aloqalar elchisi Kim Byung Yun bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida ikki davlat hududlari o‘rtasida sanoat, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar, ta’lim va turizm sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda rivojlantirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Elchi Kim Byung Yun Kyonsannam-do provinsiyasi O‘zbekiston hududlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekanligini ta’kidladi. Hudud korxonalari bilan yaqindan tanishish uchun Janubiy Koreya tomoni o‘zbekistonlik mutaxassislarni Kyonsannamdo provinsiyasiga taklif qildi.
Janubiy Koreya tomoni 2023 yil yozida Kyonsannam-do provinsiyasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro choy ko‘rgazmasi haqida ham ma’lumot berar ekan, O‘zbekistonning yetakchi choy ishlab chiqaruvchilarini ushbu ko‘rgazmada ishtirok etishga taklif qildi.
Changvon katta salohiyat va imkoniyatlarga ega ekanligini inobatga olib, ikki mamlakat hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri sayyohlik almashuvini tashkil etish, qo‘shma dastur va loyihalarni madaniy-gumanitar sohada amalga oshirishga ko‘maklashish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
12:50 / 02.02.2026