Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toşkent–Pekin–Toşkent yönalişi böyiça parvozlarni tiklaydi. Bu haqda aviakompaniya axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 10 yanvar kuni ilk parvoz amalga oşiriladi.
Xitoyga kiriş uçun yölovçilarga viza va amal qiliş muddati 48 soatdan köp bölmagan PZR-test natijasi kerak böladi.
Uzbekistan Airways saytidagi ma’lumotlarga köra, çiptalar narxi 6,7 mln sömdan boşlanadi. Keyingi reys 17 yanvarga möljallangan. «Gazeta.uz» aviakompaniya matbuot xizmatiga asoslanib xabar berişiça, oy oxiriga qadar samolyotlar har haftaning seşanba kunida bir marta parvoz qiladi, fevral oyidan reyslar sonini haftasiga ikki martaga oşiriş rejalaştirilmoqda.
Eslatib ötamiz, Özbekiston va Xitoy muntazam aviaqatnovlarni 2020 yil fevralida koronavirus pandemiyasi avj olişi munosabati bilan töxtatgandi.












