Polşaning şimoli-şarqida, Belarus va Litva bilan çegaradoş Podlyaskiy voyevodeligida yangi harbiy qism - Birinçi legion piyoda diviziyasi yaratilmoqda. Bu haqda 9 yanvar, duşanba kuni Belostok viloyati poytaxtida mamlakat boş vaziri örinbosari, milliy mudofaa vaziri Mariuş Blaşçak ma’lum qildi. U bölinma şaxsiy tarkibi sonini aytmadi, ammo aynan 10 mingdan 15 minggaça askar va ofitserlardan iborat bölinmalar tinçlik davrida Polşa qurolli kuçlari tarkibidagi eng yirik tuzilmalardir.

Blaşçak yangi diviziya zaruratini Polşaning şarqiy çegarasidan taşqarida «Rossiya imperiyasini tiklaşga uriniş» borligi bilan izohladi, uni vazir «yomon imperiya» deb atagan - u «oq, qizil yoki - hozirgidek - Putinniki bölişidan qat’iy nazar». Polşa siyosatçisi ta’kidlaganidek, yangi birlaşmaning vazifasi «tajovuzkor mamlakatga hujum qilişga jur’at etmasligi uçun uni samarali töxtatiş böladi».

«Polşaga kelayotgan zamonaviy qurollardan maksimal darajada foydalaniş» uçun diviziya Amerikaning Abrams tanklari va Janubiy Koreyaning K-2 tanklari bilan jihozlanişi kerak. Hozirgi uruş tajribasidan kelib çiqib, artilleriyaga alohida e’tibor qaratiş rejalaştirilmoqda. Diviziya qoşida taşkil etilgan artilleriya brigadasi tarkibiga Polşaning öziyurar Krab gaubitsalari va Janubiy Koreyaning K9 öziyurar gaubitsalari kiradi.

Mariuş Blaşçakning aytişiça, yangi diviziya tarkibiga kirişi kerak bölgan bölinmalar va qismlarni şakllantiriş böyiça buyruqlar allaqaçon berilgan.