Uzbekistan Airways’ning xabar qilişiça, 11 yanvar kuni noqulay ob-havo şaroiti tufayli quyidagi reyslarning uçiş vaqti keçiktirilgan:
- HY081/082 Toşkent–Farğona–Toşkent;
- HY277/HY278 Farğona–Istanbul– Farğona;
- HY069 Toşkent–Termiz;
- HY609 Termiz–Moskva;
- HY633/HY634 Toşkent–Sankt-Peterburg–Toşkent;
- HY045 Toşkent–Samarqand
- HY9857/HY9858 Namangan–Ufa–Namangan
Şuningdek, HY073/HY074 Namangan–Buxoro–Namangan va HY047/HY048 Namangan–Samarqand–Namangan qatnovlari ham noqulay ob-havo şaroiti sababli bekor qilingani aytildi.
“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uçun yölovçilar xavfsizligi yuqori örinda turişini eslatib ötadi. Keltirilgan noqulayliklar uçun yölovçilar va ularni kutib oluvçilardan uzr söraymiz”, – deyiladi aviakompaniya bergan rasmiy izohda.
Eslatib ötamiz, 10 yanvarda ham anomal sovuq va qor sabab qator mahalliy va xalqaro parvozlar jadvaliga özgarişlar kiritilgandi.












