11 yanvar kuni kuzatilgan sovuq va tumanli ob-havo sababli Uzbekistan Airways parvozlari jadvaliga özgartirişlar kiritildi. Bu haqda aviakompaniya axborot xizmati xabar qildi.
Qayd etilişiça, noqulay ob-havo şaroiti tufayli quyidagi reyslar keçikib amalga oşiriladi:
- HY081/082 Toşkent–Farğona–Toşkent;
- HY277/HY278 Farğona–Istanbul– Farğona;
- HY069 Toşkent–Termiz;
- HY609 Termiz–Moskva;
- HY633/HY634 Toşkent–Sankt-Peterburg–Toşkent;
- HY045 Toşkent–Samarqand;
- HY9857/HY9858 Namangan–Ufa–Namangan.
Şuningdek, HY073/HY074 Namangan–Buxoro–Namangan va HY047/HY048 Namangan–Samarqand–Namangan qatnovlari ham noqulay ob-havo şaroiti sababli bekor qilingan. Yölovçilar bekor bölgan aviaqatnovlar aviaçiptalarining töliq qiymatini çipta sotib olingan joyda qaytarib oliş yoki boşqa sanaga bepul qayta bronlaş huquqiga ega.
«Keltirilgan noqulayliklar uçun yölovçilar va ularni kutib oluvçilardan uzr söraymiz», — deyiladi xabarda.













