2023 yil 13 yanvarda Buxoro – Toşkent yönalişidagi 765-sonli Afrosiyob poyezdi “Malik” stansiyasida töxtab qolgan. Bu haqda “Öztemiryölyölovçi” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda. Poyezdning töxtab qolişiga, Özbekistonda kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo sabab qilib körsatilgan. Ma’lum bölişiça, yölovçilarni manzilga xavfsiz yetkazib keliş maqsadida zaxira Afrosiyob elektropoyezdi jönatilgan.

“Öztemiryölyölovçi” yuzaga kelgan noqulayliklar uçun uzr söragan.  

Bundan oldin ham 2023 yilning 1 yanvar kuni Buxoro – Toşkent yönalişidagi Afrosiyob poyezdi Yangi Çinoz – Çinoz peregon oraliğida töxtab qolgandi. Töxtaşga elektr kuçlanişli sim tarmoğidagi nosozlik sabab bölgani aytilgandi.