Germaniya va Fransiya Efiopiyaga Rossiyaning Ukrainaga qarşi qurolli tajovuzkorligi fonida kuçaygan oziq-ovqat inqiroziga qarşi kuraşda köproq yordam berişga va’da berdi. «Rossiya prezidenti Vladimir Putin dondan, oziq-ovqatdan qurol sifatida foydalandi. Bu butun dunyo böylab oziq-ovqat bilan boğliq vaziyatni murakkablaştirmoqda, şuning uçun biz Rossiyaning şafqatsiz bosqinçilik uruşiga nafaqat Ukraina bilan javob berişimiz, balki özimizning insonparvarlik yordami, butun dunyo böylab oziq-ovqat yordamimizni sezilarli darajada kengaytiriş bilan ham javob berişimiz muhim», dedi Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok 12 yanvar, payşanba kuni Adanadagi BMT Jahon oziq-ovqat dasturi bazasiga taşrifi çoğida.
Efiopiyada ayni damda kuçli qurğoqçilik kuzatilmoqda. Bu mamlakat Ukraina va Rossiyadan ğalla va öğit yetkazib berişga juda boğliq. Birlaşgan millatlar taşkilotining hisob-kitoblariga köra, Efiopiyada 22 millionga yaqin odam töyib ovqat yemaydi. Şu munosabat bilan Berbok oziq-ovqatdan foydalaniş inson huquqi ekanligini ta’kidladi. «U Ukrainadagi harbiy nişon sifatida hujumga duçor bölişi mumkin emas. Mojaro zonalaridagi gumanitar yuklar ham Efiopiyada ham, dunyoning boşqa joylarida ham nişonga aylanmasligi kerak», - dedi vazir.
Germaniya BMTning Jahon oziq-ovqat dasturini qöllab-quvvatlaşni 1,7 milliard yevroga oşirdi. Berbokka hamrohlik qilgan Fransiya taşqi işlar vaziri Katrin Kolonna «Efiopiyadagi qurğoqçilikdan aziyat çekayotgan odamlar Ukrainada sodir bölayotgan voqealarda aybdor emas, şuning uçun ularga yordam beriş insoniy burç» ekanligini ta’kidladi.
Annalena Berbok hujumga uçragan Ukrainaning özi Efiopiyaga ğalla berib, «Efiopiya xalqi ham Rossiya bosqinçilik uruşi qurboniga aylanmasligiga» yordam qilyapti. Dekabr oyi oxirida Ukrainadan Jibutiga 25 ming tonna buğdoy yetkazildi, endi bu buğdoy muhtojlarga taqsimlanadi.













