24 fevral kuni, Ukrainadagi uruş boşlangan sanada Nyu-Yorkdagi BMT qarorgohida «Tinçlik sammiti» ötkaziladi. Bu haqda Ukrainaning Turkiyadagi elçisi Vasiliy Bodnar «Anadolu» axborot agentligiga ma’lum qildi. Rossiya bu tadbirda iştirok etmaydi.
Vasiliy Bodnar sözlariga köra, Rossiya bilan ziddiyatni tinç yöl orqali hal qiliş faqatgina rus qöşinlari Ukraina hududidan olib çiqilişi natijasida amalga oşirilişi mumkin. Bu haqdagi rejani prezident Vladimir Zelenskiy ham taqdim qilgan.
2022 yil 27 dekabr kuni Ukraina taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba mamlakatning BMT maydonida Rossiya iştirokisiz «tinçlik sammiti» taşkil etiş niyati borligini ma’lum qildi.
Rossiya Taşqi işlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova «tinçlik sammiti» taşabbusini aqldan ozgan ğoya deb atadi va buni Kiyev «holdan toyib borayotgani» bilan izohladi. Uning sözlariga köra, Ukraina oçiq-oydin bölib turgan vaziyatni tan olmaslik orqali özini qutqarişga harakat qilmoqda.
Noyabr oyida bölib ötgan G7 forumida Vladimir Zelenskiy önta şartga asoslangan «tinçlik formulasi»ni taklif qilgan edi. Şartlar orasida radiatsiyaviy va yadroviy xavfsizlik, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi, barça mahbuslarni ozod qiliş, Rossiya qöşinlarini olib çiqib ketiş va Ukrainaning 1991 yilgi çegaralaridagi suverenitetini tan oliş bor. Rossiya bu şartlarni nomaqbul deb atadi va ularni körib çiqişdan boş tortdi.
Şu bilan birga, Kreml Kiyev qöşib olingan hududlarni Rossiyaniki deb tan olmasdan turib, tinçlik rejasini amalga oşiriş mumkin emasligini ta’kidladi.













