-29 darajali sovuq havo kimlar uçun xavfli?
Havoning keskin sovib ketişi inson organizmida turli salbiy holatlarni yuzaga keltiradi:
- · köçada uzoq vaqt qoliş oqibatida muzlab qoliş:
- · gipertoniklarda qon bosimining keskin oşişi:
- · bronxial astmasi bor bemorlarda astmatik xurujlar paydo bölişi.

Meteorologlarning ogohlantirişiça, yurak-qon tomir kasalliklari bilan oğrigan odamlar köproq ehtiyot bölişlari kerak. Ularning tanasi taşqi ta’sirlarga juda sezgir. Ayniqsa yaqinda yurak xuruji va insultga duçor bölganlar xavf guruhining old qatorlarini band etişgan.
Sovuq havoda tanani qanday himoyalaş mumkin?
Tana haroratining me’yordan ortiqça pastga tuşişi tana tizimlarining işlaşi va hayotiy faoliyatining buzilişiga ham ta’sir körsatişi mumkin.
Şunday qilib, agar tana harorati 32 darajadan pastga tuşsa, nafas oliş va yurak-qon tomir tizimlari işlamay qolişi mumkin, 27 daraja esa komaga tuşişga sabab bölişi mumkin. Şuning uçun qattiq sovuqlarda içki issiqlikni saqlaş juda muhimdir.

Xavf guruhiga quyidagilar kiradi: keksalar, kiçik bolalar, qon tomir kasalliklari bilan oğrigan odamlar. Termoregulyatsiyaning öziga xos xususiyatlari tufayli ularning tanasida qon aylanişi tezroq sekinlaşadi va issiqlik almaşinuvi buziladi. Bu odamlar, birinçi navbatda, past harorat ta’siridan himoyalangan bölişi kerak.
Bundan taşqari, haroratning keskin pasayişi surunkali kasalliklarga çalingan odamlarda kasalliklarning kuçayişiga olib kelişi mumkin. Şuningdek, qattiq sovuq teriga salbiy ta’sir qiladi va sovuq uruşiga ham olib kelişi mumkin.
Kiyinişning ahamiyati
Qattiq sovuqda kiyimlar nafaqat issiq, balki funksional bölişi ham muhimdir, ya’ni ular harakatlarga tösqinlik qilmasligi va tana yaxşi «nafas olişi» kerak.













