Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik (AEXA) boş direktori Rafael Mariano Grossi 16-23 yanvar kunlari Ukrainaga taşrif buyurib, mamlakatdagi barça atom elektr stansiyalarida yadro xavfsizligi böyiça mutaxassislarning doimiy bölişini taşkil qiladi.
Uşbu safar davomida AEXA rahbari Janubiy Ukraina va Rivne atom elektr stansiyalari (AES)ga, şuningdek, Çernobil AESga taşrif buyurib, uşbu obektlarning har biriga AEXAning ikkita eksperti missiyasini joylaştiradi. Ayni paytda AEXA ekspertlarining doimiy missiyasi faqat Zaporijjya AESda ta’minlangan.
«Uşbu fojiali uruş ikkinçi yil bölayotgani sababli, biz Ukraina va boşqa mamlakatlar xalqiga yanada köproq azob va falokat olib keladigan jiddiy yadroviy avariya xavfini oldini oliş uçun qölimizdan kelganini qilişimiz kerak», dedi Grossi.
Ukrainaga keng kölamli harbiy harakatlar paytida rus qöşinlari Çernobil va Zaporijjya atom elektr stansiyalarini egallab oldilar. Keyinçalik, Çernobil AES Ukraina armiyasi tomonidan ozod qilindi, kuzda Yevropadagi eng yirik elektr stansiyasi bölgan Zaporijjya atom elektr stansiyasi hududida otişmalar qayd etildi, bu esa jahon hamjamiyatini xavotirga soldi.













