Murojaatçilardan birining aytişiça, bu stadionga har kuni sportçilar, 1200 nafar bola va 50ga yaqin murabbiy kelib şuğullanadi.
“Bundan taşqari, milliy gvardiya, içki işlar, davlat xavfsizlik xizmati xodimlari – hammasi maşğulotlarni şu yerda ötkazadi, özlarining jismoniy holatini şu yerda tiklaydi. Bu yerda “Buxoro” futbol jamoasi öz öyinlarini ötkazadi. Biz “Buxoro” jamoasi Superligaga çiqqanida quvongan edik.
Viloyat hokimi Xorazmdagi öyindan keyin qöllab-quvvatlaşni va’da bergan. Bu holatga qanday qaraylik, yana sarson bölaylikmi, boşqa şaharlarga boramizmi? Jamoa tarqab ketadi-ku.
Mayli, turistlarga joy kerak, bilamiz, turistik şahar ham kerak, ammo “Ark”dan boşlab to “Labi Hovuz”gaça turistik şaharça bor-ku”, deydi u.
Bundan taşqari, u hududda Motamsaro ona haykali joylaşgani, yaşil makon doirasida 1500ta qimmatbaho daraxt ekilganiga urğu bergan.
“Bular nima böladi? Hamma narsani yiqitmoqçimisizlar?
Şunça murabbiy çempionlarni tayyorlayapti, qança paralampiyaçilar, çempionlar bor. Bizni sportdan mahrum qilmoqçimisiz? Hamma şaroit turistlarga, özimizning xalq-çi, yoşlar-çi? Şunça yoşlarimiz, çempionlarimiz qarab ötiribdi”, – deydi buxoroliklardan biri.
Yana bir murabbiy stadion 80 yillik tarixga egaligi, xalq salomatligini turistik markaz emas, stadion saqlaşini aytadi.
Ta’kidlaş lozim, “Buxoro” sport majmuasining katta mablağ sarflab ta’mirdan çiqarilganiga köp vaqt bölmagan.
Avvalroq, Oliy Majlis deputati Umida Rahmonova ham sport majmuasi buzilişiga qarşi çiqqan edi. “Hammaga qadrdon bölgan joyda sayohatçi va ayrim ajnabiylar uçun şaharça qurişmoqçi. Mahalliy aholi-çi? Afsuski, şaharda aholini soğlomlaştiriş va yuguriş yölakçalari hali yetarli emas”, degandi u.
Eslatib ötamiz, Buxoro şahri markazi buzilib, örniga turizm markazi qurilişi haqida Kun.uz öz manbalariga tayanib 12 yanvar kuni xabar bergan edi.
Bu boradagi rejalar hukumat raisi ötkazgan majlis bayoni bilan tasdiqlangan. Unga köra, yopiq qarorlar asosida tendersiz tanlangan “Enter Engineering” kompaniyasi 32,6 gektar maydonda turizm markazini quradi. Bu hududda Buxoro sport majmuasi ham joylaşgan.












