Qurolli Kuçlar Oliy Boş qömondoni Şavkat Mirziyoyev 14 yanvar – Vatan himoyaçilari kuni arafasida harbiylar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlaridan bir guruhiga yangi unvonlar berdi.

Tört nafar harbiy mulozim general-mayor harbiy unvonini oldi:

  • mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy işlar böyiça örinbosari polkovnik Qarşiyev Hamdam Aliquloviç;
  • Markaziy harbiy okrug qömondoni polkovnik Saidov Oybek Ozodoviç;
  • Şimoli-ğarbiy harbiy okrug qömondoni polkovnik Şermatov Farhodjon Ortiqoviç;
  • DXX raisi örinbosari Muxtorov Farrux Şahobiddinoviç.
Qarşiyev Hamdam Aliquloviç / Foto: Prezident matbuot xizmati
Şermatov Farhodjon Ortiqoviç / Foto: Prezident matbuot xizmati
Muxtorov Farrux Şahobiddinoviç / Foto: Prezident matbuot xizmati

Içki işlar vaziri örinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boşliği Abdullayev Bekmurod Tojimirzayeviç general-mayor maxsus unvonini oldi.

Boş prokuror örinbosari Yöldoşev Erkin Töraquloviç va Qoraqalpoğiston Respublikasi prokurori Tojiyev Erkabay Aminoviçga “III darajali davlat adliya maslahatçisi” maxsus unvoni (general-mayor unvoniga teng) topşirildi.

Yöldoşev Erkin Töraquloviç / Foto: Prezident matbuot xizmati
Tojiyev Erkabay Aminoviç / Foto: Prezident matbuot xizmati

Harbiy unvonlarni Oliy Boş Qömondon Şavkat Mirziyoyev topşirdi.