Buyuk Britaniya Ukrainaga 12 ta Challenger 2 tankini yetkazib beradi, dedi Britaniya boş vaziri Rişi Sunak Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga.
«Boş vazir Buyuk Britaniyaning Ukrainaga Challenger 2 tanklari va qöşimça artilleriya tizimlarini yetkazib beriş niyati borligini ta’kidladi. U va butun Buyuk Britaniya hukumati xalqaro hamkorlar bilan birgalikda Ukraina ğalabasini ta’minlaş uçun tezkor yordam körsatmoqçi», - deb boş vazir sözlarini keltirdi BBC.
Harbiy ekspertlarning ta’kidlaşiça, Challenger 2 tanklari Ukraina frontida unçalik foyda bermaydigan bir qator xususiyatlarga ega. Masalan, ularning oğirligi 75 tonnaga teng, bu esa ularni köpriklardan ötişini çeklaydi, şuningdek, ularni saqlaş, texnik körikdan ötkaziş va öq-dorilar bilan ta’minlaş ham qiyin böladi.
Conflict Intelligence Team tahlilçilarining yozişiça, bunday tanklarning yetkazilişi faqat oğir qurollarni yetkazib berişga qöyilgan taqiqni olib taşlaş uçun foydalidir.
«Challenger 2 tanklarini yetkazib beriş ehtiyot qismlar va logistika bilan boğliq muammolarga olib keladi. Challenger 2 tanki juda oğir: 75 tonna. (Taqqoslaş uçun, T-72B3M tanki oğirligi taxminan 47 tonna). Sovet davrida qurilgan köpriklar 50 tonnagaça yuk kötarişga möljallangan; Ukrainada mavjud tirkamalar ham bunday oğir texnikani taşişga qodir emas. Bundan taşqari, katta hajmli bunday tanklarni temir yöl orqali taşişda muammolar bölişi mumkin».
The Guardian va Bloomberg ham şunday fikrga ega. Ularning yozişiça Buyuk Britaniya Challenger 2 tanklarini yetkazib beriş haqidagi qarori bilan Germaniyaga bosim ötkazişi mumkin. Bu davlat şu vaqtgaça Leopard 2 tanklarini Ukrainaga yetkazib berişdan boş tortib kelayotgan edi.













