Meteorologik kuzatuvlar tarixida Özbekistonda köplab sovuq qişlar bölgan. Jumladan, 1968—1969 yillar qişi eng sovuq kelgan. Uşbu qiş mavsumida respublikaning köplab hududlarida minimal havo haroratining mutlaq rekordlari qayd etilgan edi.
Özbekistonning şimoliy hududlarida meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng past havo haroratlari 1972 va 1977 yillarda kuzatilgan bölib, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Navoiy viloyatining şimolida uşbu yillarda havo harorati -33 dan -36 darajagaça va Ustyurt platosida -38 dan -40 darajagaça sovuq kuzatilgan.
Sönggi 50 yil içida eng uzun va sovuq qiş mavsumi 2007—2008 yillarda qayd etilgan bölib, sovuq davr dekabr oxiridan fevral oyining örtalariga qadar davom yetgan. Respublika hududi böyiça harorat -17 dan -22 darajagaça sovuq, ba’zi joylarda -24 dan -26 darajagaça sovuq, Qoraqalpoğiston Respublikasi va çöl hududlarida -30 dan -33 darajagaça havo pasaygan.
Toşkent şahrida 1969 yil qişda termometr ustuni -23,1 darajagaça sovuq tuşgan bölsa, minimal havo haroratining mutlaq rekordi 1930 yil dekabr oyida -29,5 daraja sovuqni taşkil etgan.
Ta’kidlanişiça, Özbekistonning tabiiy iqlim şaroitlaridan kelib çiqqan holda, tekislik hududlarda barqaror qor qoplamining şakllanişiga imkon beradigan kuçli qor yoğişi kam uçraydi. Natijada iqlimning keskin özgarişi (birdan sovib ketişi va uning ortidan isib ketişi) qor tuşganda hosil böladigan qor qoplamining uzoq vaqt davomida yer yuzasidan turmasligi va bir neça kun içida erib ketişiga olib keladi.
Biroq 1969, 1972, 1974, 1982, 1984, 2006 va 2008 yillarda qiş faslining sovuq kelişi bilan birga qor yoğiş davomiyligining ortişi kuzatilgan. Oqibatda uşbu yillarda tekislik hududlarda past haroratning uzoq muddat saqlanib qolişi qorning töliq erişiga imkon bermasdan qor qoplami töplanişiga sabab bölgan. Jumladan, respublikaning şimoliy (Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyati) va janubiy, janubiy-ğarbiy (Qaşqadaryo, Surxondaryo, Buxoro, Navoiy viloyatlari) hududlarida qor qoplamining balandligi 15-25 santimetrni, markaziy (Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toşkent viloyatlari) va şarqiy (Andijon, Namangan va Farğona viloyatlari) hududlarda 30—65 santimetrni taşkil etgan.
Respublikaning toğli hududlarida qorning maksimal balandligi 140—180 santimetrga yetgan.
Toşkentda qor qoplamining maksimal balandligi 1969 yil kuzatilgan 54 santimetr joriy yil yanvarda qor balandligi 26 santimetrni taşkil etgan.
«Bugungi kunda mamlakatda davom etayotgan sovuq kunlar gidrometeorologik kuzatuvlar tarixidagi eng kuçli sovuq emasligini qayd etib ötamiz. Joriy yilning 12 yanvardan 13 yanvarga ötar keçasi kuzatilgan sovuq harorat yurtimizga antitsiklon ta’sirida kirib kelgan sovuq havo oqimlarining eng yuqori nuqtasi edi», — deyiladi xabarda.












