Respublikada birinçi bölib havo sovuqligi tufayli öquvçilar qişki ta’tildan keçroq qaytişiga ruxsat bergan Farğona viloyati hokimligi yana birinçi bölib bu muddatni 18 yanvarga qadar uzaytirdi.

«Farğona viloyati maktablari va maktabgaça ta’lim muassasalarida qişki ta’til 18 yanvarga qadar uzaytirildi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlariga asoslanib, viloyat hududida sovuq ob-havo şaroiti saqlanib qolayotganidan kelib çiqib, Farğona viloyatidagi 975 ta umumta’lim maktablarida, Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarda hamda barça maktabgaça ta’lim muassasalarida qişki ta’til 18 yanvarga qadar uzaytirildi. 

Öquv maşğulotlari 18 yanvar, çorşanba kunidan boşlanadi», deyiladi xabarda.

Buxoro viloyati hokimligi ham Farğonadan örnak olib, qişki ta’tilni 16 yanvarga köçirgandi. Endilikda bu viloyatda ham öqiş 18 yanvardan boşlanadigan böldi.

«Mahalliy davlat hokimiyati organlarining ta’lim sohasidagi vakolatlariga asoslanib, viloyat hududida sovuq ob-havo şaroiti saqlanib qolayotganidan kelib çiqib, Buxoro viloyatidagi mavjud umumta’lim maktablari, Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablar, oliy va örta maxsus ta’lim hamda barça maktabgaça ta’lim muassasalarida qişki ta’til 18 yanvarga qadar uzaytirildi.

Öquv maşğulotlari 18 yanvar, çorşanba kunidan boşlanadi», deyiladi xabarda.

Sirdaryo viloyatida ham maktabgaça va maktab ta’limi muassasalarida ta’til muddati uzaytirildi.

«Yurtimizda sovuq ob-havo şaroiti saqlanib qolayotganidan kelib çiqib, avvalo, öquvçilarning salomatligi, qolaversa, ularning ta’lim muassasasiga qatnaşida yuzaga kelişi mumkin bölgan noqulayliklarni inobatga olgan holda viloyatdagi mavjud 325 ta maktab va 199 ta boğçada dars hamda maşğulotlar 18 yanvardan boşlanişi belgilandi.

Öqişni boşlaşning aniq muddatini belgilaş qarori nafaqat ta’lim muassasalari ma’muriyati, balki ota-onalar va pedagogik tarkib bilan maslahatlaşgan holda qabul qilindi», deyilgan viloyat hokimligi