Prezidentning “2023 yil uçun davlat budjeti töğrisida"gi qonun ijrosini ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- 2023 yilda ikkinçi darajali budjet mablağlarini taqsimlovçilarga ajratiladigan budjet mablağlarining çeklangan miqdorlari;
- 2023 yil uçun Özbekiston respublika budjeti, Qoraqalpoğiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy budjetlari aylanma kassa mablağlarining yöl qöyiladigan eng kam miqdorlari;
- 2023 yil uçun Özbekiston davlat budjeti daromadlari prognozi;
- foyda soliği töliqligiça Özbekiston respublika budjetiga yönaltiriladigan yirik soliq tölovçilar röyxati;
- Özbekiston davlat budjetining barqarorligini ta’minlaş va xarajatlarning samaradorligini oşiriş böyiça “Yöl xaritasi”.
Qarorga asosan quyidagi soliq turlari böyiça daromadlar prognozining oşirib bajarilgan qismi Qoraqalpoğiston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toşkent şahrining şahar budjetida quyidagi miqdorlarda qoldiriş nazarda tutilgan:
- jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliği töliq hajmda;
- foyda soliği töliq hajmda (yirik soliq tölovçilar, Özbekistonda doimiy faoliyat olib boruvçi muassasa orqali faoliyat yurituvçi Özbekiston norezidentlari tomonidan, norezidentlarning tölov manbaida uşlab qolinadigan daromadlaridan tölanadigan foyda soliği bundan mustasno);
- qöşilgan qiymat soliği böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasida daromadlar prognozining oşirib bajarilgan qismining 100 foizi, qolgan hududlarda esa 60 foizi (yirik soliq tölovçilar tomonidan tölanadigan qöşilgan qiymat soliği bundan mustasno).
2023 yilda ijtimoiy soliq tuşumlari böyiça 2022 yilda amal qilgan taqsimlaş me’yorlari saqlab qolinadi.
Şu bilan bir qatorda, 2023 yil uçun quyidagi soliq stavkalari:
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon- metallurgiya kombinati” AJ uçun:
- rentabellik darajasidan kelib çiqqan holda foyda soliği;
- yer qa’ridan foydalanganlik uçun solik, oltin böyiça - 10 foiz, palladiy, kumuş va mis böyiça - 15 foiz;

















