08:24 / 16.01.2023
57470

Zelenskiy Rossiyaning Dniproga bergan zarbasi tufayli rossiyaliklarga murojaat qildi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning Dniprodagi ko‘p qavatli uyga raketa hujumi munosabati bilan kechki videomurojaatida rossiyaliklarga rus tilida murojaat qildi. 

Foto: president.gov.ua

«Rossiyadagi va Rossiyadan bo‘lganlarga aytmoqchimanki, hozir ham bu terrorni qoralash uchun bir necha og‘iz so‘z aytolmaganlar, garchi ular hamma narsani yaxshi ko‘rib, bilib turibdi. Sizning qo‘rqoq sukunatingiz, nima bo‘layotganini kutishga urinish, faqat bir kun kelib sizga ham xuddi shu terroristlar kelishi bilan tugaydi. Yovuzlik qo‘rqoqlikka juda sezgir, yovuzlik undan qo‘rqqanlarni va savdolashishga harakat qilganlarni doimo yodda tutadi. Sizning oldingizga kelganda esa himoya qiladigan hech kim bo‘lmaydi», dedi Ukraina davlati rahbari.

Dniprodagi uyga berilgan zarba natijasida 15 yanvar oqshomida 30 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Ukraina prezidenti. 

«Hozir o‘lganlar ro‘yxatida 30 kishi bor, ulardan biri bola, bir qiz, u 15 yoshda edi. Ikki bola ota-onasiz qolgani haqida xabarlar bor», - dedi u. 

Davlat rahbari raketa urilgan vaqtda uyda bo‘lishi mumkin bo‘lgan 30 dan ortiq odamning taqdiri noma’lumligicha qolayotganini ta’kidladi. 

«O‘nlab odamlar vayronalar ostidan qutqarib olindi, ular orasida olti bola ham bor. Biz har bir inson uchun kurashamiz! Hayotni saqlab qolish uchun zarracha imkoniyat mavjud ekan, qutqaruv operatsiyasi davom etadi», - dedi u.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top