Kimgadir alohida mavqe berib, boşqalardan ustun qilib qöyiş faqat bitta natija keltiradi – jamiyatda, iqtisodiyotda soğlom muvozanat buziladi. Buning ortidan qonunsizlik muhiti yuzaga keladi.
Bu yerda gap “tanlanganlar”ning insofsizligida ham emas. Gap şundaki, bunaqa mavqe olganlar suiiste’molliklar yöliga ötişdan özini saqlab qololmaydi – notöğri muhit ularni şunga majburlaydi.
Umuman olganda, davlat va jamiyat işlarida insofga suyanib bölmaydi. Hamma narsa qonunlar orqali hal qilinişi kerak. Hamma qonun oldida barobar bölişi şart.
Sözda emas, amalda.
Kun.uz navbatdagi multfilmida alohida odamlarga beriladigan mavqe ularni qanday qilib ajdaholarga aylantirişi va jamiyat boşiga kulfat bölişini tuşuntirib beradi.
Ssenariy muallifi va rejissyor: Şokir Şaripov
Rassom-animator: Javlon Turdixöjayev
- Kun.uz'ning ijtimoiy dolzarb mavzulardagi boşqa multfilmlari bilan uşbu havolada tanişing.











