Havoning keskin sovişi va energiya resurslarining yetişmovçiligi kuzatilayotgan vaziyatda Mudofaa vazirligi Toşkentning 11 ta tumanidagi 19 ta hududda isitiş punktlari faoliyatini yölga qöydi.
Vazirlik axborot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda taşkil etilgan isitiş punktlarida fuqarolarga issiq çoy va yeguliklar taklif etilmoqda. Şuningdek, ularning vaqtni mazmunli ötkazişlari uçun kitoblar, köngiloçar vositalar, şaxmat-şaşka öyinlari ham taşkil etilgan.


Isitiş punktlari taşkil etilgan hududlar röyxati:
- Mirzo Uluğbek tumani — Alişerobod va Olimlar mahallasi;
- Mirobod tumani — Birodarlik va Parvona mahallalari;
- Yakkasaroy tumani — Bobur va Boşliq mahallalari;
- Olmazor tumani — Quyoş va Şodiyona mahallalari;
- Yangihayot tumani — Navqiron mahallasi;
- Uçtepa tumani — Köhna Çöponota va Vatan mahallalari;
- Çilonzor tumani — Şaraf mahallasi;
- Yaşnobod tumani — Jarboşi va Şironobod mahallalari;
- Yunusobod tumani — Otçopar I va Posira mahallalari;
- Şayxontohur tumani — Yangibel mahallasi;
- Sergeli tumani — Xonobod va Sadoqat mahallalari.

















