Jahon | 08:01 / 17.01.2023
3376
2 daqiqa o‘qiladi

Yevroparlament spikeri Rossiyaning Dniprodagi hujumini qotillik deb atadi

«Biz turar joy binolari palapartish hujum obektiga aylanganini, ayollar va bolalar qanday o‘ldirilganini ko‘rdik. Dniprodan olingan kadrlar ularni ko‘rgan har bir inson xotirasida abadiy qoladi», - deydi Roberta Metsola.

Roberta Metsola / Foto: EP

Yevroparlament spikeri Roberta Metsola 16 yanvar, dushanba kuni yanvardagi sessiyani Rossiyaning Dniproga raketa hujumi haqidagi bayonoti bilan ochdi. «Rossiyaning Ukrainaga palapartish hujumlari davom etmoqda: turar joy binolari ularning nishoniga aylanganini, ayollar va bolalar qanday o‘ldirilganini ko‘rdik. Dniprodan olingan kadrlar ularni ko‘rgan har bir inson xotirasida abadiy qoladi», dedi u.

Ukraina xalqining jasorati va matonati hamma uchun o‘rnak bo‘lishi kerak, dedi Metsola Strasburgda yevropalik deputatlar oldida. «Ukraina xalqi dunyoga kuchlilar har doim ham haq emasligini va terror Ukraina ruhini buzmasligini ko‘rsatdi», deb ta’kidladi Yevropa parlamenti spikeri. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Ukrainaga zarur bo‘lgan vaqtgacha siyosiy, gumanitar, harbiy va moliyaviy yordam ko‘rsatishda davom etadi.

Yevroparlament tomonidan ma’qullangan Yevropa Ittifoqining 18 milliard yevrolik makromoliyaviy yordami shu haftada taqdim etila boshlaydi, dedi Roberta Metsola. U, shuningdek, Yevropa Ittifoqi qonun chiqaruvchi organi tomonidan boshlangan Ukrainani generatorlar bilan ta’minlash bo‘yicha butun Yevropada amalda bo‘lgan dasturni esladi.

Avvalroq Yevropa Ittifoqiga raislik qiluvchi Shvetsiya va Yevrokomissiya rasmiysi Dniproga qilingan raketa hujumini harbiy jinoyat deb atadi va aybdorlar jazosiz qolmasligiga ishontirdi.

14 yanvar kuni Rossiyaning Dniproshahriga raketa hujumi oqibatida 40 kishi, jumladan, uch bola halok bo‘ldi. Kamida 75 kishi jarohatlangan. Hammasi bo‘lib, yuzdan ortiq odam tirik qoldi, 39 kishi Rossiya raketasi urilgan to‘qqiz qavatli turar joy vayronalari ostidan qutqarildi. Qutqaruv ishlari davom etmoqda, deb xabar berdi shahar rasmiylari.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid