Ötgan yilning yanvar-dekabr oylarida Özbekistonga 5,2 million xorijlik sayohatçi taşrif buyurgan, deya ma’lum qildi Statistika agentligi.

Bu körsatkiç 2021 yil bilan soliştirganda 3,4 millionga oşgan. Biroq pandemiyadan avvalgi 2019 yil bilan qiyoslaganda 1,5 millionga kamaygan.

Özbekistonga eng köp sayyoh (1,5 mln kişi) Qozoğistondan kelgan. Keyingi örinlarni Tojikiston, Qirğiziston, Rossiya hamda Turkiya davlatlari egalladi.

Bundan taşqari, ölkamizga Janubiy Koreya, Germaniya, Hindiston, AQŞ, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Ispaniyadan 8 mingdan ortiq sayyoh taşrifi qayd etilgan.

E’tiborlisi, 2022 yilning sentabrida Rossiyada armiyaga safarbarlik e’lon qilinganidan söng Özbekistonga uşbu davlat fuqarolarining kelişi köpaygandi. Raqamlarga köra, yil davomida 567,7 ming nafar rossiyalik mamlakatimizga kelgan.

Mamlakatimizga 2020 yilda 1 504 000, 2019 yili esa 6 784 500 nafar sayyoh taşrif buyurgan. 2020 hamda 2021 yillarda turistlar oqimi kam bölgani koronavirus pandemiyasi bilan boğliq.

Avvalroq Statistika agentligi özbekistonliklar 2022 yilda eng köp qaysi davlatlarga sayohat qilgani haqida ma’lumot bergandi.