Brand Finance konsalting kompaniyasining yangi hisobotiga köra, Amazon yana dunyoning eng qimmat brendlari röyxatida birinçi öringa çiqdi va Apple'ni ikkinçi öringa tuşirdi. 

Jyeff Bezosning kompaniyasi bir yilda 51 milliard dollar qiymatini yöqotganiga qaramay, hamon ustuvorligini saqlab turibdi. Amazon kompaniyasining hozirgi qiymati 299,3 mlrd dollarga baholangan. 

Apple brendi qiymati 16 foizga tuşib, 297,5 milliard dollarni taşkil qildi. 

Uçinçi örinda Google (281,4 milliard dollar), keyingi örinlarda Microsoft (191,6 milliard dollar) va Walmart (113,8 milliard dollar) joylaşgan. 

Brand Finance röyxatidagi 500 ta brend içida Amerika kompaniyalari köpçilikni taşkil qiladi – 201 ta. Şuningdek, Xitoy 71 ta, Yaponiya 32 ta, Fransiya 31 ta, Britaniya 25 ta va Germaniya 24 ta kompaniyaga ega. 

Dunyoning eng qimmat brendlari (mlrd $):

299,3 – Amazon (AQŞ), çakana savdo

297,5 – Apple (AQŞ), çakana savdo

281, 4 – Google (AQŞ), media

191,6 – Microsoft (AQŞ), texnologiyalar

113,8 – Walmart (AQŞ), çakana savdo

99,7 – Samsung (Janubiy Koreya), texnologiyalar

69,5 – ICBC (Xitoy), banklar

67,4 – Verizon (AQŞ), telekommunikatsiyalar

66,2 – Tesla (AQŞ), avtomobilsozlik

65,7 – TikTok (Xitoy), media.