Germaniya kansleri Olaf Şols Ukrainani Rossiya agressiyasiga qarşi kuraşda Germaniyaning çeksiz yordamiga işontirdi. Germaniya Ukrainaga «doimiy ravişda» va xalqaro hamkorlar bilan Rossiya uruşda mağlub bölişi uçun «katta miqdorda qurol» yetkazib beradi, dedi u 18 yanvar, çorşanba kuni Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida sözlagan nutqida. Uning sözlariga köra, hozir Rossiya özining «imperialistik maqsadlariga erişa olmadi», Ukraina esa «özini katta jasorat va muvaffaqiyat bilan himoya qilmoqda».

Germaniya kansleri öz nutqida va keyinroq jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Ukrainaga Leopard 2 tanklarini yetkazib beriş ehtimoli haqidagi bayonotlardan boş tortdi. Şols Germaniya Ukrainani sifat jihatidan yangi darajadagi harbiy qöllab-quvvatlaş böyiça qarorlarni faqat ittifoqçilari bilan birgalikda qabul qilişini aytdi. U Amerika Qöşma Ştatlari va Fransiyani eslatib ötdi. «Bu bizning strategiyamiz», dedi Germaniya hukumati rahbari hamda u hali ham NATO va Rossiya örtasida uruş yuz bermasligi uçun harakat qilişga intilayotganini ta’kidladi.

Şu bilan birga, Şols Germaniyaning Kiyevga havo hujumidan mudofaa tizimlari, artilleriya va piyoda jangovar texnikalarini yetkazib berganini eslatib ötdi. Germaniya ötgan yili Ukrainaga 12 milliard yevrodan ortiq yordam körsatdi va bu körsatkiç böyiça dunyoda AQŞ va Buyuk Britaniyadan keyin uçinçi örinda turadi, dedi u. Kanslerning sözlariga köra, hozirgaça Ukrainaga berilgan harbiy yordam allaqaçon «Germaniya taşqi va xavfsizlik siyosatidagi tub buriliş böldi».

Hozirça Şols Germaniyaning Ukrainaga tanklar yetkazib berişdan boş tortişini bir özi harakat qilişni istamasligi bilan izohlagan. Buyuk Britaniya Kiyevga 14 ta Challenger tankini beriş niyatini e’lon qilgandan söng, Polşa, Finlandiya va boşqa bir qator NATO davlatlari Ukrainaga özlarida bölgan Leopard 2 tanklarini berişga tayyor ekanliklarini e’lon qilişdi. Bu - tanklarni işlab çiqaruvçi mamlakat sifatida Germaniyaning ruxsatini talab qiladi.

20 yanvar kuni Germaniyaning Ramştayn şahridagi AQŞ harbiy bazasida Ğarb koalitsiyasi Ukrainaga keyingi harbiy yordam masalasini muhokama qiladi. Yiğilişda Germaniya Federativ Respublikasining yangi mudofaa vaziri Boris Pistorius ilk bor iştirok etadi. Myunxen xavfsizlik konferensiyasi rahbari Kristof Xoysgen 18 yanvar kuni Reuters agentligiga bergan intervyusida Pistoriusni Germaniyaning Leopard 2'ni Ukrainaga yetkazib berişga roziligini e’lon qilişga çaqirdi. Uning sözlariga köra, «Germaniya harakat qilişga tayyor bölgan hamkorlar fikrini tinglaşi va ular bilan «yagona ustunda» oldinga siljişi kerak». Xoysgen, şuningdek, Yevropa taşqi siyosat kengaşining uşbu tanklarni Ukrainaga birgalikda yetkazib beriş va ukrainalik harbiylarni ularni boşqarişga örgatiş böyiça Yevropa konsorsiumini yaratiş böyiça taklifini töğri deb atadi.