2022 yil mart oyi boşida Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari sobiq bankir va Rossiya bilan muzokaralarning birinçi raundi iştirokçisi Denis Kireyevni öldirişadi. Avvaliga uni davlatga xiyonatda gumon qilib qölga oliş çoğida otib öldirişgani xabar qilinadi. Keyinroq Kireyev Ukraina razvedka boş boşqarmasi uçun işlagani va «anglaşilmovçilik» tufayli öldirilgani ma’lum böladi. Uni harbiy izzat-ikrom bilan dafn etişadi, prezident Volodimir Zelenskiy esa Kireyevni vafotidan keyin «davlat suvereniteti va davlat xavfsizligini himoya qilişdagi alohida xizmatlari uçun» ordeni bilan taqdirlaydi. Ukraina razvedkasi boşliği Kirill Budanov The Wall Street Journal naşriga Rossiya bosqini arafasida Kireyev tomonidan yetkazilgan ma’lumot Kiyevni saqlab qolişga imkon bergani haqida gapirdi.

Denis Kireyev köp yillar davomida Rossiyadagi biznesmenlar bilan yaqin aloqalarda bölgan.

Denis Kireyev — ukrainalik bankir. U öz faoliyatini 2000-yillarda boşlagan Credit Lyonnais, Citibank va ING kabi ğarb banklarining mahalliy filiallarida işlagan. The Wall Street Journal naşrining yozişiça, Kireyev 2003 yilda, uning qarindoşlaridan biri Ukraina Xavfsizlik xizmati boşliği örinbosariga aylanganida josuslikka qiziqib qoladi.

Banklardagi bir neça yillik faoliyatidan keyin Kireyev Donetsk oblastidan bölgan aka-uka biznesmenlar, keyinçalik Ukraina prezidentiga aylangan Viktor Yanukoviçning yaqin kişilari bölgan Andrey va Sergey Klyuyev bilan hamkorlik qila boşlaydi. Andrey Klyuyev Yanukoviçning prezidentlik yillarida Ukrainaning birinçi vitse-premeri (2010-2012 yillar), Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi (2012-2014 yillar) böladi. Xuddi şu davrda Kireyev «Ukreksimbank»ning kuzatuv kengaşi a’zosi va Ukraina Davlat jamğarma banki boşqaruv raisining birinçi örinbosari bölib işlaydi.

2014 yilda Yanukoviç hokimiyatdan çetlaştirilgaç, aka-uka Klyuyevlar Ukrainani tark etişadi. The Wall Street Journal Kireyevning hamkasblariga tayanib, u öşanda Klyuyevlarga öz aktivlarini mamlakatdan olib çiqişga kömaklaşganini yozadi. Öşanda bankirda Rossiya biznesi va maxsus xizmatlari bilan aloqalar paydo bölgan.

2021 yil bahorida, Rossiya öz qöşinlarini Ukraina çegarasi yaqiniga olib kela boşlaganida Ukraina Boş razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanov Kireyevni ştabga çaqiradi. Şu yerda u bankirga Ukraina razvedkasi uçun işlaşni taklif qiladi. «Unda kerakli tanişlar doirasi bor edi. Moliyaviy operatsiyalar u orqali ötgan, şuning uçun u hamma bilan, jumladan juda nufuzli odamlar bilan aloqada bölgan», — deya tuşuntiradi gazeta bilan suhbatda Budanov.