Mart oyida hibsga oliş paytida "SBU" zobitlari tomonidan otib öldirilgan 45 yoşli Denis Kireyev Ukraina razvedkasini Rossiya bostirib kirişi arafasida Moskvaning Kiyevni egallaş rejalari haqida ogohlantirgan. Bu haqda The Wall Street Journal'ning 18 yanvar, çorşanba kuni çop etilgan «Rossiya josusi yoki Ukraina qahramoni?» maqolasida aytiladi.

WSJ ma’lumotlariga köra, 45 yoşli bankir Kireyev Ukraina razvedkasi boşliği Kirill Budanovga Kiyevni himoya qilişga yordam bergan rus manbalari olingan ma’lumotlarni bergan. «Agar janob Kireyev bölmaganida, katta ehtimol bilan Kiyev egallab olingan bölardi», - deya Budanov sözlarini keltiradi naşr. Xususan, Kireyev unga 23 fevral kuni Vladimir Putin Ukrainaga bostirib kirişga buyruq berganini aytgan. Bundan taşqari, u hujumning asosiy maqsadini bilgan.

24 fevral kuni ertalab Rossiya jangovar vertolyotlari Kiyev yaqinidagi "Antonov" aeroportiga desant tuşirgan. Rossiya Ukraina poytaxtiga bostirib kiriş uçun u yerga qöşin va texnikani ötkaziş maqsadida aeroportni egallab olişni rejalaştirgan. Kireyevdan olingan ma’lumotlar Ukrainaga ruslarga qarşi turiş uçun qöşinlarni joylaştirişda «bir neça qimmatli soat» ajratib berdi, dedi Budanov. Şiddatli jangdan söng aeroport vayron bölgan va undan rossiyaliklar foydalanişi mumkin bölmagan.

Şundan söng uruşayotgan tomonlar Belarusda muzokara ötkazişga kelişib oldi. Kirill Budanov Denis Kireyevni ularda iştirok etişga taklif qilgan, çunki u Rossiya delegatsiyasining ikki a’zosi bilan taniş edi. Yillar davomida mojaroning har ikki tomoni bilan aloqa örnatib kelgan Kireyev Ukraina delegatsiyasi tarkibida qatnaşiş uning uçun xavfli bölişini bilgan va avvaliga muzokaralarda qatnaşişni istamagan, biroq keyin rozi bölgan. «U yerda paydo bölganidan keyin uning maxsus xizmatlar bilan aloqasi hammaga ayon böldi. Afsuski, öşa paytda vaziyat oğir edi va biz tavakkal qilişga majbur böldik», - dedi Budanov.

3 mart kuni Rossiya va Ukraina muzokaralarning ikkinçi raundi böyiça kelişib olganida, Budanov Kireyev delegatsiya tarkibiga qayta qöşilişini talab qilgan. Bankir xavf ostida bölişi mumkinligini bilgan. Qöriqçilar va harbiy razvedka agentlari bilan birgalikda u Kiyevdagi temiryöl vokzaliga kelgan. Yölda Kireyev qöriqçilarga hibsga olinişi mumkinligini aytgan va ulardan aralaşmaslikni söragan. Şahar markazida u haqiqatan ham "SBU" agentlari tomonidan qölga olingan, ular Kireyevning tansoqçilaridan qurollarini taşlaşni talab qilişgan. Bankirni uşlab, olib ketişgan, oradan bir yarim soat ötib u ölik holda topilgan.