Avvalo atamaning kelib çiqişiga töxtalamiz: “Qonundagi öğrilar” (“Vory v zakone” yoki “zakonniki”) bu jinoyat olamining eng nufuzli qatlami bölib, ular öz qonunlariga, ya’ni öğrilar qonuniga har qanday holatda ham oğişmay amal qiladigan odamlarni anglatadi. Ya’ni bu yerda jamiyat tomonidan qöllanadigan qonunlar bilan adaştirmaslik lozim. Bunday toifa davlatning har qanday strukturalari, ayniqsa, huquqni muhofaza qiliş organlari bilan aloqalarni tan olmaydi, odatda oila qurmaydi, boylik töplamaydi va öz faoliyatini maxfiy olib boradi.

Umuman, bu toifa öğrilarning taxminan bir asrlik qonunlari yillar davomida özgarib, takomillaşib borgan. Ularning ayrimlari, an’anaviylari quyidagilardir:

  • Öğrilik ğoyalariga sadoqat va qöllab-quvvatlaş;
  • Organ xodimlarining har qanday buyruğini bajarmaslik, tergovlarda heç qaçon körsatma bermaslik, aybni tan olmaslik;
  • Siyosiy faoliyat bilan şuğullanmaslik, harbiy tuzilmalarga qöşilmaslik;
  • Panjara ortida öğrilar qonuni va mustahkam nazoratni örnata biliş, ziddiyatlar, uruşlarning oldini oliş;
  • Öğrilar “obşçag”i, ya’ni öziga xos umumiy ğaznani muntazam töldirib boriş va yiğimlarni ham, xarajatlarni ham oqilona bajariş;
  • Ota-onaga, ayniqsa, onaga hurmat;
  • Yoşlarni “töğri hayot”ga örgatiş;
  • Ayollarni zörlamaslik, zörlaganlarga şafqat qilmaslik, şu bilan birga biror ayol bilan davomli munosabat örnatmaslik;
  • Zarurat bölmasa, kelgusida bu zaruratni isbotlay olmasa odam öldirmaslik;
  • Isbotsiz ayblov e’lon qilmaslik, har qanday haqoratlardan çeklaniş;
  • Nafaqat ozodlikda, balki qamoqda ham jamiyatga foyda keltiruvçi işlar bilan şuğullanmaslik. Ya’ni şunçaki işlamaslik;
  • Özinikilar, ya’ni öğrilarnikini öğirlamaslik.

Qonundagi öğrilarning eng nufuzli va sanoqlilari toj kiyişdek öziga xos şarafga munosib körilgan va ularning sözlari hamda hukmlari bu doirada öziga xos qonun darajasida qabul qilingan.

Qonundagi öğrilarning şakllaniş tarixi 1930 yillarga, Rossiya böylab soçilib ketgan katorgalar/qamoqxonalarga borib taqaladi. Öşa yillarda davlat tomonidan olib borilgan keng qamrovli jamoalaştiriş hamda majburiy mehnatga jalb qiliş jinoyat olami vakillarini birlaşişga, özaro hamjihatlikka majbur qiladi. Bunday tödalarning şakllanişi samaradorlikni oşiriş, himoya kabi afzalliklarga ega bölgan. Şu bilan birga har qanday jamoa ma’lum qonun-qoidalar asosida yaşaşga majbur edi. Aynan mana şu vaziyatda qonundagi öğrilar yoki öğrilar qonuni işlay boşladi.