Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 24 yanvar kuni Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti (IHT) boş kotibi Xusrav Noziriyni qabul qildi. 

Boş kotib davlat rahbarini Özbekistonning Taşkilotga muvaffaqiyatli raisligi bilan tabrikladi. Savdo, iqtisodiyot, qişloq xöjaligi, energetika, turizm va boşqa yönalişlarda ilgari surilgan muhim taşabbuslar va ötkazilgan tadbirlar IHT doirasidagi amaliy hamkorlikka kuçli sur’at bağişlagani ta’kidlandi. 

Uçraşuvda mintaqaviy özaro boğliqlikni yanada mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi. Keyingi yillarda Özbekistonning Taşkilotga a’zo mamlakatlar bilan tovar ayirboşlaşi 70 foizga ösgani, qöşma korxona va loyihalar soni esa 5 barobarga köpaygani mamnuniyat bilan qayd etildi. 

Taşkilotning navbatdagi sammitini 2023 yil noyabr oyida Toşkent şahrida ötkazişga har tomonlama tayyorgarlik körilayotgani, kun tartibini puxta tayyorlaş muhimligi alohida ta’kidlandi. 

Uçraşuv yakunida Xusrav Noziriy Taşkilot kotibiyati IHT doirasidagi köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş borasida yaqindan birgalikda işlaşga tayyorligini bildirdi. 

Iqtisodiy hamkorlik taşkiloti (IHT) 1985 yilda taşkil qilingan bölib, hozirgi vaqtda unga 10 davlat a’zo hisoblanadi: Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Afğoniston, Ozarboyjon, Tojikiston, Turkmaniston, Eron, Pokiston va Turkiya. IHT sammiti har 2 yilda ötkaziladi.