Ucell tarmog‘ida o‘tgan yili 331ta yangi obekt ishga tushirildi va 781ta mavjud obekt modernizatsiya qilindi, bu esa 2637ta yangi tayanch stansiyasini tijoriy foydalanishga topshirish imkonini berdi. Xususan:
- 661ta 2G formatidagi stansiya, ovozli aloqa;
- 468ta 3G formatidagi stansiya, ovozli aloqa va ma’lumotlarni uzatish;
- 1488ta LTE 4G formatidagi stansiya, tezkor ma’lumotlarni uzatish;
- 20ta 5G formatidagi stansiya, beshinchi avlod mobil aloqa.

Texnologik baza rivojlanishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarining qator tumanlarida yangi obektlar barpo etildi. Ushbu aholi yashash punktlarida avval tarmoq qoplami bo‘lmaganini alohida ta’kidlash lozim. Aloqa sifati yaxshilanishi Andijon va Samarqand viloyatlarida, Buxoro shahrida va Toshkent – Samarqand trassasida qayd etildi.
Ucell texnik direktori Aleksandr Moxovning aytishicha, o‘tgan yil kompaniya texnik departamenti tomonidan 110 kmdan ziyod optik tolali aloqa liniyalari yo‘lga qo‘yildi. Ucell tarmog‘ida ham 1800ta chastota diapazonini 2G standartidan 4G standartiga o‘tkazish bo‘yicha katta hajmdagi ish amalga oshirildi. Bu tezlikni oshirish va ma’lumot uzatish hajmlarini ko‘paytirish imkonini berdi.
Bunday yirik va texnologik qayta qurollanish taqdim etilayotgan xizmatlar sifati yaxshilanishi, tarmoq o‘tkazuvchanlik qobiliyati va trafigi oshishi, stansiyalarga ortiqcha yuk tushishi holatlari sezilarli kamayishiga xizmat qildi.
Yana bir muhim yangiliklardan biri – Ucell foydalanuvchilari soni 8 millionga yetdi. Uyali aloqa qamrovi hududi kengayishi, ma’lumot uzatish tezligi oshishi, ofislar tarmog‘i rivojlanishi, qulay va hamyonbop tariflar joriy etilishi tufayli Ucell abonentlar bazasi o‘sishida yetakchi pozitsiyalarni egalladi.
Yilning asosiy yangiligi: “Sof” tarif rejasi yo‘lga qo‘yilishi bo‘ldi. U abonentlar e’tirofini qozondi va eng yaxshi mijozlar tajribasiga ega mahsulot sifatida TAF!22 To‘rtinchi Toshkent reklama festivali mukofotini qo‘lga kiritdi.

Tarif rejasi quyidagi asosiy afzalliklarga ega:
















