Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlariga egalik qiluvçi Meta kompaniyasi AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampning akkauntlarini blokdan çiqarmoqda, unga tarafdorlari 2021 yil yanvarida Kapitoliyga bostirib kirişganidan söng bir vaqtning özida bir neçta yirik onlayn platformalardan foydalaniş taqiqlangan edi. Bu haqdagi qarorni 25 yanvar, çorşanba kuni Meta'ning global masalalar böyiça prezidenti Nik Klegg e’lon qildi.
Uning aniqlik kiritişiça, Trampning Facebook va Instagram akkauntlari yaqin haftalarda tiklanadi, biroq bu harakat «takroriy qoidabuzarliklarga yöl qöymaslik uçun» yangi çeklovlar bilan birga böladi: agar Tramp platforma qoidalarini buzsa, u yana ikki yillik taqiqqa duç keladi.
Avvalroq Trampning Twitter ijtimoiy tarmoğidagi mikroblogi servisning yangi egasi Ilon Mask tomonidan blokdan çiqarilgan edi. Biroq AQŞ sobiq prezidenti hali bu platformadan özi asos solgan Truth Social'ni afzal körib, Twitter'ga qaytgani yöq. U Facebook va Instagram'da postlarini qayta e’lon qiliş imkoniyatidan foydalanişi noma’lum. Biroq tahlilçilar 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida iştirok etişini e’lon qilgan Tramp tez orada ijtimoiy tarmoqlardagi iştirokini oşirişi mumkinligini istisno etmayapti.












