Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov muzokaralardan söng ommaviy axborot vositalari vakillari uçun brifing ötkazdi.

Özbekiston rahbari Qirğiziston prezidenti va xalqini har doimgidek samimiy va iliq qabul uçun minnatdorlik bildirdi.

«Davlat taşrifimiz Özbekiston va Qirğiziston örtasida diplomatik munosabatlar örnatilganining öttiz yilligida ötayotgani ramziy ma’noga ega», - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Özbekiston rahbari işonç va konstruktiv muloqot ruhida ötgan oliy darajadagi uçraşuvlar natijalarini yuksak baholadi. Tomonlar köp qirrali hamkorlikning muhim yönalişlarini batafsil muhokama qilib, uni çuqurlaştiriş böyiça aniq qarorlar qabul qilganlarini ta’kidladi.

Özbekiston-Qirğiziston davlat çegarasining alohida uçastkalari töğrisidagi şartnoma tuzilgani ikki tomonlama munosabatlarda çinakam tarixiy voqea bölgani qayd etildi.

«Çegarani delimitatsiya qiliş masalari töliq tartibga solingani ikki tomonlama hamkorlik va hududlararo almaşinuvlar rivojida muhim örin tutadi, mintaqamizda barqarorlik va xavfsizlikning mustahkamlanişiga xizmat qiladi», - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Muzokaralar yakunida qabul qilingan muhim hujjatlardan biri Keng qamrovli strategik şeriklik töğrisidagi deklaratsiya böldi. Bu, davlatimiz rahbari qayd etganidek, mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yölidagi köp qirrali hamkorlik rivojida yangi davrning boşlanişidir.

Savdo va sanoat kooperatsiyasini kengaytiriş hamkorlikning eng muhim ustuvor yönalişi etib belgilandi. Keyingi yillarda tovar ayirboşlaş yetti barobarga köpaydi va 1,3 milliard dollarga yetdi.

Ikki mamlakat hukumatlari oldiga tovar ayirboşlaşni, şu jumladan importning örnini faol töldiriş va savdo markazlarini taşkil etiş orqali ikki milliard dollarga yetkaziş vazifasi qöyildi.

Kuni keça ötgan biznes-forumda umumiy qiymati 1,6 milliard dollarlik şartnoma va kelişuvlar imzolangani ham uşbu maqsadning muvaffaqiyatli röyobga çiqişiga xizmat qiladi.

Avtomobillar, quriliş materiallari, töqimaçilik mahsulotlari va ip-kalava, elektrotexnika tovarlari va elektron hisoblagiçlar işlab çiqarişni yölga qöyiş rejalaştirilgan yirik kooperatsiya loyihalari jumlasidan.