Uşbu yilning 23 yanvar sanasida UzAuto va BYD kompaniyalari rasman Özbekistonda yangi energiya manbalarida harakatlanuvçi avtomobillarni işlab çiqariş va sotiş bilan şuğullanuvçi “BYD Uzbekistan Factory” MÇJ Qöşma Korxonasini röyxatdan ötkazdi.
“BYD Uzbekistan Factory” kompaniyasi, Xitoyning elektromobil işlab çiqarişda giganti hisoblanuvçi BYD kompaniyasining mamlakatdan taşqaridagi ilk hamkorlik loyihasi böldi. Bu, albatta, özbek avtomobilsozligiga berilgan ijobiy baholardan biri hamdir.
Qöşma korxonaning asosiy yönalişlari Özbekistonga yangi energiya manbalarida harakatlanuvçi BYD avtomobillarini yetkazib beriş, işlab çiqariş va sotişdan iborat. Natijada, yaqin kelajakda Özbekistonda BYD avtomobillarini mahalliylaştiriş maqsadida işlab çiqarişga möljallangan töliq sikl işga tuşiriladi.
“BYD Uzbekistan Factory” elektromobillardan taşqari, Özbekiston bozoriga BYD brendi ostidagi eng maşhurlardan hisoblangan Plug-in (PHEV) gibrid elektromobillarini ham olib kirmoqçi. Bu turdagi avtomobillar bitta zaryad va zapravka bilan 1 000 kilometrdan ortiq masofani bosib öta oladi.

Tez orada BYD elektromobillari, şu jumladan gibrid elektromobillari rasmiy dilerlik markazlarida mijozlar uçun taqdim etiladi. Bu öz navbatida BYD elektromobillari egalari uçun yuqori malakali mutaxassislar rasmiy uskunalar va dasturiy ta’minotlar yordamida xizmat körsatişini anglatadi. Haydovçilar ustalarni qidirib yurişi, proşivka masalasida boşni qotirmasligi kafolatlanadi, çunki avtomobillar töliğiça özbekistonliklar uçun moslaştirilgan böladi.
Tez orada “BYD Uzbekistan Factory” kompaniyasi Özbekistonda uç turdagi BYD modellarini taqdim etadi:

BYD Chazor 05 DMi (gibrid)

BYD Song Plus DMi (gibrid va elektromobil)

BYD Han (elektromobil)












